etish. Ichki audit xizmati quyidagilarga majbur: ichki auditni amalga oshirishda boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; moliya va statistika hisoboti ko’rsatkichlarining ishonchliligini tekshirish; ichki auditni amalga oshirishda olingan axborotning mahfiyligiga rioya qilish; korxonaga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan zarar etkazilganidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan taqdirda bu haqda darhol korxonaning kuzatuvchi kengashiga xabar berish va auditorlik hisobotida tegishli yozuvni qayd etish; aktivlarni xatlovdan o’tkazishda va qonunda belgilangan tartibda uning o’z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etish. Ichki audit xizmati qonun hujjatlariga va korxonaning ta’sis hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo’lishi mumkin. Ichki audit xizmati xodimlari quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak: Ichki auditorning malaka sertifikatiga ega bo’lish; O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida, yoxud O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat muassasasida olingan oliy ma’lumotga, oxirgi o’n yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy ish stajiga (shu jumladan, o’rindoshlik bo’yicha) ega bo’lish. Ichki audit xizmatiga tegishli auditor sertifikatiga ega bo’lgan uning rahbari boshchilik qiladi. Har yili ichki audit xizmati rahbari ichki audit xizmati xarajatlarining yillik smetasini tuzadi va uni tasdiqlash uchun korxonaning kuzatuvchi kengashiga taqdim etadi. Ichki audit xizmati xodimlarining kasb darajasi tegishli litsenziyaga ega bo’lgan ta’lim muassasalarida muntazamlilik asosida ularning malakasini oshirish vositasida saqlanishi