o’tkaziladi. Guruhlar da’vogarlarning arizalarini ro’yxatga olish ketma-ketligida shakllantiriladi. Auditorlarning jamoat birlashmalari imtihon topshirishga ruxsat berilgan da’vogarlarga imtihon o’tkaziladigan sanadan kamida o’n besh kun oldin imtihon o’tkazish sanasi, vaqti va joyi to’g’risidagi xabarnomani auditorlarning jamoat birlashmalari veb-saytlariga joylashtiradi hamda da’vogarning anketada ko’rsatilgan manziliga pochta orqali yoki elektron xabar ko’rinishida yuboradi. Auditorlarning jamoat birlashmalari imtihon o’tkazishda: da’vogarlarni ro’yxatdan o’tkazadi; imtihon o’tkazish uchun jihozlangan xonani zaruriy texnik vositalar bilan ta’minlaydi; imtihon o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan hujjatlar va materiallar saqlanishini ta’minlaydi; imtihon o’tkazish uchun zarur bo’lgan boshqa harakatlarni amalga oshiradi. Da’vogarlar imtihon topshirishga pasporti bilan kiritiladi. Pasporti bo’lmagan yoki imtihonga kechiqqan da’vogarlar imtihonga kelmagan deb hisoblanadi hamda imtihon topshirishga ruxsat berilgan navbatdagi shaxslar ro’yxatiga kiritiladi. Da’vogar auditorlarning jamoat birlashmalariga hujjatlarni topshirgan sanadan boshlab ikki marotaba imtihon topshirishga kelmagan taqdirda, da’vogar tomonidan taqdim qilingan hujjatlar qaytarib yuboriladi. Imtihon uch soat ichida yozma shaklda test o’tkazish yo’li bilan o’tkaziladi. Har bir da’vogar tomonidan ro’yxat raqami, test savollari hamda maxsus test blankalari olinadi (bundan keyingi o’rinlarda test blankasi deb yuritiladi). Komissiya raisi tomonidan imzo qo’yilmagan test blankasi haqiqiy hisoblanmaydi. Test savollari auditorlarning jamoat birlashmalari taqdim etgan savollar asosida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan shakllantiriladi.