arizani ko’rib chiqish uchun eng kam ish haqining bir baravari miqdorida yig’im to’langanligi to’g’risida bank to’lov hujjati. Maxsus tayyorlov kursini tugatgan sanadan boshlab hujjatlarni topshirish sanasigacha bo’lgan vaqt oralig’i bir yildan ko’p bo’lmaganda guvohnoma haqiqiy hisoblanadi. Da’vogar taqdim etgan arizasidan voz kechgan taqdirda, to’langan yig’im unga qaytarib berilmaydi. Hujjatlar da’vogar tomonidan shaxsan yoki pochta orqali taqdim etiladi. Auditorlarning jamoat birlashmalari ariza kelib tushgan kundan boshlab uch kun ichida quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: imtihon topshirishga ruxsat berish to’g’risida; imtihon topshirishga ruxsat berishni rad etish to’g’risida. Da’vogarga quyidagi hollarda imtihon topshirishga ruxsat berilmaydi: Imtihon topshirishga ruxsat berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilinganda, qabul qilingan qaror to’g’risidagi xabarnoma rad etish asoslari ko’rsatilgan holda auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan da’vogarning anketasida ko’rsatilgan manzilga yoki uning elektron manziliga yuboriladi. Rad etish uchun asos bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun da’vogarga o’n kun muddat beriladi. Hujjatlar uch kun ichida qayta ko’rib chiqiladi. Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilgan holda taqdim etilgan arizani ko’rib chiqqanlik uchun yig’im undirilmaydi. Rad etish uchun asos bo’lgan kamchiliklar o’n kun ichida bartaraf etilmagan taqdirda, da’vogarning arizasi yangidan taqdim etilgan deb hisoblanadi. Imtihon topshiradigan da’vogarlarning tasdiqlangan ro’yxati auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan komissiyaga topshiriladi. Guruhlarning shakllanishiga (kamida 10 kishi va ko’pi bilan 20 kishi) qarab imtihon