jamoat birlashmasiga belgilangan tartibda yo’q qilish uchun qaytarilishi lozim. Sertifikatning amal qilishi tugatilgan yoki bekor qilingan jismoniy shaxslarga sertifikatning amal qilishi tugatilgan yoki bekor qilingan paytdan boshlab uch yil mobaynida qayta sertifikat olish uchun imtihon topshirishga ruxsat etilmaydi. 16.4. Ichki nazorat va audit tizimiga qo’yilgan talablar
Ichki nazorat va ichki auditning farqi quyidagicha, ichki nazorat tashkilotning o’z maqsadiga erishishida doimiy ravishda faoliyat olib boradi. Ichki audit esa, ichki nazoratning
bir elementi hisoblanadi. Ichki auditni korxonaning ichki nazoratini kuchaytirish maqsadida tashkil etiladi. Shu jihat bilan ichki audit va ichki nazorat bir-biridan farqlanadi. Ichki nazoratga qo’yilgan asosiy talablar quyidagilardir: 1. Har bir sub’ektning nazorat oldida bo’lishi .
Tashkilotda faoliyat ko’rsatib kelayotgan xar bir sub’ektning nazorat ostida bo’lishi. Har bir subektning biriqtirilgan ishni bajarishni boshqa subektlar tomondan tekshirilishi, lavozim majburiyatda qayd etilishi lozim. Bir qator sub’ektlar tomondan ichki nazoratning qanday darajada olib borilayotganligini birinchi navbatda korxona rahbari qiziqishi lozim. Shuning uchun ham bu kabi sub’ektlar faoliyatining nazorati, tashkilot rahbari har xil turdagi ekspertlar yoki tashqi audit xizmatidan foydalanish mumkin. 2. Qiziqishlarni cheklash. U yoki bu chetlashishlar holatlarida “nozik nuqta”larni tuzatib boradigan maxsus sharoitni yaratish kerak. 3. Birinchi darajali nazoratni bir kishiga yuklamaslik.