Apellyatsiya komissiyasining apellyatsiya shikoyatini ko’rib chiqish natijalari bo’yicha qabul qilgan qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin. Imtihon natijalari komissiya bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va auditorlarning jamoat birlashmalariga topshiriladi. Sertifikat imtihonda qatnashish uchun ariza topshirilgan auditorlarning jamoat birlashmasi tomonidan beriladi. Sertifikat belgilangan shakldagi maxsus blankada rasmiylashtiriladi va O’zbekiston Respublikasining barcha hududida amal qiladi. Sertifikat auditorlarning jamoat birlashmasining rasmiy qisqartirilgan nomidan keyin oraliq bo’shliqlarsiz (X...X 000000 tarzida) raqamlanadi. Sertifikat blankalari qat’iy hisobot hujjati hisoblanadi va qalbakilashtirishga qarshi himoya elementlariga ega bo’lgan maxsus qog’ozda “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan auditorlarning jamoat birlashmalari buyurtmasiga ko’ra tayyorlanadi. Auditorlarning jamoat birlashmalari belgilangan tartibda berilgan va qayta rasmiylashtirilgan, shuningdek dublikatlari berilgan sertifikat blankalari hisobini yuritadi hamda saqlanishini ta’minlaydi. Sertifikat imtihon komissiyasining bayonnomalari olingandan so’ng o’n kun ichida rasmiylashtiriladi va sertifikat egasiga yoki notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida boshqa shaxsga ichki auditorlar reestriga imzo qo’ydirish orqali beriladi. Da’vogar sertifikat rasmiylashtirilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida uni olish uchun kelmasa yoki uni olishdan yozma ravishda ixtiyoriy voz kechsa, auditorlarning jamoat