birlashmasi tomonidan ushbu sertifikatni bekor qilish to’g’risida qaror qabul qilinadi. Sertifikat egasi tomonidan sertifikatning amal qilish muddati tugashidan uch oy oldin, biroq uning amal qilish muddati tugashiga olti oydan kam vaqt qolgan bo’lsa, auditorlarning jamoat birlashmasiga uning amal qilish muddatini uzaytirish to’g’risida arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda taqdim etiladi: anketa; sertifikatning asl nusxasi; sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish to’g’risidagi arizani ko’rib chiqish uchun eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida yig’im to’langanligini tasdiqlovchi bank to’lov hujjati. Sertifikatning amal qilish muddati sertifikat egasi tomonidan imtihon muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda uzaytiriladi. Sertifikatning amal qilishi sertifikat blankasida ko’rsatilgan muddatning tugash sanasidan boshlab besh yil muddatga uzaytiriladi. Sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish ilgari berilgan sertifikat blankasiga tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi. Sertifikat blankasidagi uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun ajratilgan tegishli rekvizitlar to’lgan bo’lsa, ilgari berilgan raqam bilan yangi sertifikat beriladi. Yangi sertifikat blankasining pastki o’ng burchagiga ilgari berilgan sertifikat haqidagi axborotlar yozib qo’yiladi. Ilgari berilgan sertifikat blankasi tegishli auditorlarning jamoat birlashmasi tomonidan belgilangan tartibda yo’q qilinadi. Sertifikat egasining familiyasi (ismi, otasining ismi) o’zgarganda, o’zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan boshlab bir oydan kechiqtirmay tegishli auditorlarning jamoat birlashmasiga belgilangan shakldagi arizaga qayta rasmiylashtirilishi lozim bo’lgan