inspektori, ichki auditor xizmati xodimi sifatida ish stajiga (shu jumladan, o’rindoshlik asosida) ega bo’lish; 2)o’quv markazlarida maxsus tayyorlov kursini o’taganlik. Quyidagi sertifikatlardan biriga ega bo’lgan da’vogarlarga maxsus tayyorlov kursini o’tamagan bo’lsa ham imtihon topshirishga ruxsat beriladi: auditorning malaka sertifikati (ariza berilgan sanada mazkur sertifikatning amal qilish muddati tugashiga 6 oydan ko’p vaqt qolgan bo’lsa); soliq maslahatchisi malaka sertifikati; buxgalter xalqaro sertifikati (CAP – Sertifikatlangan buxgalter-amaliyotchi, CIPA – Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter va boshqalar), buxgalter xalqaro sertifikati olingan yildan keyingi yildan boshlab, har yili malaka oshirganligini tasdiqlovchi guvohnoma mavjud bo’lsa. Imtihonda ishtirok etish uchun auditorlarning jamoat birlashmalaridan biriga da’vogar tomonidan belgilangan shakldagi arizaga ilova qilingan holda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: belgilangan shaklga muvofiq to’ldirilgan anketa; pasport nusxasi; oliy ma’lumot to’g’risidagi diplomning notarial yoki uni bergan oliy ta’lim muassasi tomonidan tasdiqlangan nusxasi; mehnat daftarchasidan notarius yoki ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan ko’chirma; ikkita fotosurat (3 x 4 sm o’lchamda); maxsus tayyorlov kursini o’taganligi to’g’risidagi guvohnomaning asl nusxasi yoki auditor yoki soliq maslahatchisi malaka sertifikatining nusxasi yoxud buxgalter xalqaro sertifikatini olgan yildan keyingi yildan boshlab, buxgalter xalqaro sertifikati egasining har yili malaka oshirganligini tasdiqlovchi guvohnomaning va buxgalter xalqaro sertifikatining notarial yoki sertifikat bergan tashkilot tomonidan tasdiqlangan nusxasi;