bo’lsa, mazkur operatsiya terrorizmni moliyalashtirish yoki daromadlarni berkitish maqsadida foydalalaniladigan operatsiyalar (shartnomalar) bo’yicha ham ma’lumot topshiradilar. Quyidagilar bundan darak berishi mumkin: shartnomaning chalkash va odatdan tashqari tarzda bo’lib, uning yaqqol iqtisodiy ma’nosi va yaqqol iqtisodiy maqsadi yo’qligi; shartnoma tashkilotning ta’sis etilish hujjatlari ko’zda tutgan maqsadlarga nomuvofiqligi; operatsiyalar va shartnomalar bir necha marta amalga oshirilganda, ularning maqsadi majburiy nazoratdan chetga chiqish bo’lganini aniqlanishi. Ochiq tashkilotlarda ichki nazoratni tashkil etish talablarini taqqoslash shuni ko’rsatadiki, ular xorijdagi me’yorlardan deyarli farqlanmaydi. “Ichki nazorat tizimi” termini xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan moliyaviy-xo’jalik faoliyatini samarali olib borish va nazorat qilish, aktivlar va hisobot hujjatlarining saqlanishini ta’minlash, firibgarlik va xatoliklarning odini olish va aniqlash, buxgalteriya yozishmalarning aiqligi va to’liqligi va haqqoniy moliyaviy axborotning o’z vaqtida tayyorlanishi maqsadida qabul qilingan tashkiliy choralar, metodika va muolajalar (ichki nazorat vositalari) majmuini bildiradi. Ichki nazorat tizimi bevosita buxgalteriya hisobi tizimi kiradigan masalalar doirasidan chetga chiqadi va nazorat muhitini o’z ichiga oladi. Nazorat muhiti deyilganda korxona rahbariyatining ichki nazorat tizimini o’rnatish va olib borishga, shuningdek ushbu tizim ahamiyatini tushunish anglanadi. Nazorat muhiti nazoratning konkret vositalarining samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi va o’z ichiga quyidagilarni oladi: a) korxonani boshqarish usuli va asosiy tamoyillari; b)korxonananing tashkiliy tarkibi; v)javobgarlik va vakolatlarning taqsimlanishi;