kerak. Ichki audit xizmati xodimlari korxona kuzatuvchi kengashi tomonidan har yili attestatsiyadan o’tkazilishi kerak. Quyidagilar ichki audit xizmati mustaqilligining asosiy shartlari hisoblanadi: ichki audit xizmati rahbarini va uning xodimlarini lavozimga tayinlash va egallab to’rgan lavozimidan ozod etish, korxona kuzatuvchi kengashining qarorlari bo’yicha ularga ish haqi miqdorini va boshqa to’lovlarni belgilash; korxona kuzatuvchi kengashiga bevosita bo’ysunish. Davlat tomonidan quyidagi turkumdagi korxonalarda ichki audit o’tkazilishi majburiy talab hisoblanadi:
kredit tashkilotlari;
qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchilari;
notarial tashkilotlar;
sug’urta tashkilotlari va lizing kompaniyalari;
investitsion fondlarni boshqaruvchi tashkilotlar. Korxona tomonidan ichki nazorat, korxona tomonidan ishlab chiqarilgan ma’lumotlarni hujjatlashtirish tartibi, moliyaviy axborotlarni maxfiyligini ta’minlash hamda kadrlarga qo’yiladigan malakaviy talablarni o’zida aks etuvchi qonun qoidalar asosida amalga oshiriladi. Davlat organlari tomonidan majburiy moliyaviy nazoratda bo’lishi kerak bo’lgan operatsiyalar qonunchilik tomonidan belgilab qo’yilgan. Bunday operatsiyalar haqidagi ma’lumotlar pul mablag’lari va boshqa mulklar bilan operatsiya qiladigan tashkilotlardan vakolatli organ – O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyuta jinoyatlari va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash Departamenti (vakolatli