Anjuman shubalari: Innovatsion rivojlanish sharoitida ixtirochi kadrlarga bo'lgan ehtiyoj va ularni shakllantirish masalalari



Yüklə 11,31 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü11,31 Kb.
#34840
Axborot xati


Axborot xati

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-fevraldagi 56-F-sonli Farmoyishi bilan 2020 yilda mamlakatimizda o'tkaziladigan xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy hamda ilmiy-texnik anjumanlar rejasiga muvofiq:


Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Oliy ta'limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg'or texnologiyalarni tatbiq etish markazi tomonidan talabalar, magistrantlar, doktarant va mustaqil izlanuvchi tadqiqotchilar uchun Respublika miqyosida "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy anjumanga ilmiy maqola va tezislarni qabul qilishni boshladi.

Anjuman shubalari:

  • Innovatsion rivojlanish sharoitida ixtirochi kadrlarga bo'lgan ehtiyoj va ularni shakllantirish masalalari.

  • Ta'lim tizimida yoshlarning innovatsion faolligini oshirish, ma'naviyatini yuksaltirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish qobiliyatlarini shakllantish.

  • Raqamli vositalar va ilovalar orqali talabalarni o'qitish davr talabi.

  • O'zbekiston Respublikasida masofaviy ta'limni rivojlantirish.

Anjuman o'tkaziladigan sana 10-dekabr maqolalar o'zbek, rus va ingliz tillari (lotin alifbosi)da qabul qilinadi. Anjumanda ishtirok etuvchilar o'z maqolalarini 2020-yil 8-dekabrga qadar @yetmishboyev yoki @Ezoza_Zokirovna telegram manziliga yuborishlari so'raladi.

Maqolalarni rasmiylashtirish qoidalari.

  • Maqola birinchi sahifasining yuqoridan o'rtasida bosh va qalin harflarda maqolaning nomi, 2-qator bo'sh joy qoldiriladi, 3-qatorda muallifning familyasi, ismi, sharflari kichik harflarda, 4-qatorda muallifning ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi, bog'lanish uchun telefon raqami, 5-qator bo'sh qoldiriladi, 6-qatordan maqola matni havola etiladi.

  • Maqolaning oxirgi sahifasida anjumanning qaysi shubasiga yuborilgani ko'rsatilishi shart. Maqolada havola (сноска)lar, foydalanilgan adabiyotlar va manbaalar maqolaning oxirgi sahifasida

berilishi lozim.

  • Maqola matni Times New Roman va 14 o'lchamdagi shrift kattaligida 2-3 sahifadan kam bo'lmagan xajmda, 1,5 intervaldan yozilishi kerak.

  • Maqola matnini joylashtirishda sahifaning chegaralari quyidagi tarzda belgilanadi: yuqori va pastda 2 sm, chap tomondan 3 sm, ong tomondan 1,5 sm.

  • Maqola 1 nusxada elektron varianti Word-2010 formatda taqdim etiladi. Fayl nomi muallif familyasi bilan bosh xarflarda nomlanishi lozim.

Tashkiliy qumitaga kelib tushgan ilmiy materiallar anjuman mavzusiga, dolzarbligiga mos ravishda tanlanadi va yozilish qoidasi hamda yuborilgan sanasiga qarab qabul qilinib olinadi. Anjumanning barcha tablariga javob beradigan materiallar to'plam shaklda elektron tarqatiladi. Talablarga javob bermagan hamda belgilangan muddatdan kech qolgan tezislar qabul qiliaydi.

Savol va takliflarni quyidagi raqamlar bilan bog'lanib bildirishingiz mumkin.



+998996931243 hamda +998977784899

Anjumanda ishtirok etuvchilar o'z maqolalarini 2020-yil 8-dekabrga qadar @yetmishboyev yoki @Ezoza_Zokirovna telegram manziliga yuborishingiz so'raladi.



Tashkiliy qo'mita.
Yüklə 11,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin