Buxgalterlik hisobining tashkil etilishini o’rganish (bayon qilish).
Auditor korxonaning
moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirishni boshlashdan oldin buxgalterlik hisobi qanday tashkil
etilganligi va yuritilayotganligini o’rganishi lozim.
Auditor xo’jalik faoliyatini tekshirishda quyidagilarni tahlil qilishi lozim
Korxonaning o’z ustav faoliyati va xo’jalik dasturining
bajarilishi
Ustav kapitalini tashkil etishning to’g’riligi va uning o’z faoliyati
maqsadlariga muvofiq ishlatilishi
mahsulotlarni etkazib berish bo’yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishini ishonarli,
tezkor hisobga olishning tashkil etilishi, tayyor mahsulotlar etkazib berish majburiyatlarining
belgilangan tartibga rioya qilinishi
Mahsulotlarni to’liq va o’z vaqtida etkazib bermaganlik natijasida ko’rilgan
yo’qotishlar (jarimalar, peniyalar, neustoykalar va boshqalar)
Mahsulot chiqarish ritmi, ritmsiz ishlash sabablari, sutkalik grafiklar
bajarilmasligi oqibatida ko’rilgan zararlar
Chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilashga doir ko’zlangan tadbirlarning bajarilishi; mahsulot
sifati ko’rsatkichlari, brak va sifatsiz mahsulot etkazib berganlik uchun ko’rilgan zararlar
Ichki firma yo’riqnomalari
Xom ashyolar, materiallar va ishlab chiqarish chiqitlaridan oqilona foydalanish xamda korxona
jamoasi maqsadlarning tizimi, har bir xodimga vazifalarning oqilona taqsimlanishi
Ham iqtisodiy, ham ijtimoiy maqsadlarga etishishda barcha xodimlar (ishchidan tortib
bosh direktorgacha) iqtisodiy manfaatlarni ta’minlaydigan mehnatga haq to’lash tizimi
Mahsulot chiqarish va sotish haqidagi hisobot ma’lumotlarining buxgalterlik hisobi va dastlabki
hujjatlar ma’lumotlariga to’g’ri kelishi tugallanmagan mahsulotlarning kiritilmaganligi va
hisobotlarda boshqa qo’shib yozish hamda chalkashliklarga yo’l qo’yilmaganligi.