Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

 
3.4. Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari 
Auditorlik 
tashkilotlari 
majburiy 
va 
tashabbus 
tarzidagi 
(ixtiyoriy) 
auditorlik 
tekshiruvlaridan tashqari, O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonuni va N 
90-«Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari» nomli auditorlik faoliyati milliy 
standarti(AFMS)da ko’rsatilgan, istalgan professional xizmatlarni ko’rsatishlari mumkin. Bunday 


xizmatlarga quyidagilar kiradi: 
a) buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, qayta tiklash va yuritish 
b) moliyaviy hisobotni tuzish; 
v) milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga o’tkazish; 
g) xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish; 
d) buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menedjment va moliya-xo’jalik 
faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati; 
e) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar va deklaratsiyalarni tuzish; 
j) auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatining milliy standartlarida nazarda tutilgan 
boshqa professional xizmatlarni ham ko’rsatishlari mumkin.
Ushbu keltirilgan professional xizmatlar ro’yxati kengaytirilishi va to’ldirilishi mumkin, 
ammo hozirgi ko’rinishda ham auditorlik tashkilotlari tomonidan taklif qilinadigan xizmatlarning 
qanchalik xilma-xil ekanligini ko’rsatmoqda.
Auditorlik tashkiloti yuqori sifatli professional xizmat ko’rsatishga erishishi uchun 
o’z faoliyatini shunday tashkil etishi kerak-ki, uning ish bajarish yoki xizmat ko’rsatishda 
qatnashayotgan xodimlari quyidagi talablarga javob berishi lozim: 

halollik va haqqoniylik; 

professional kompetentlilik va zarur tajriba hamda malakaga egalik; 

professional axloq normalariga rioya qilish va belgilangan standartlar (shu jumladan 
korxonadagi ham) talablarini bajarish; 

o’z professional majburiyatlarini bajarish chog’ida xodimlarga ma’lum bo’lgan 
axborotlarni maxfiy (sir) tutish printsipiga rioya qilish va hokazo.
Mijoz-korxona rahbariyati shartnoma asosida professional xizmatlar ko’rsatayotgan 
auditorlar faoliyati ustidan joriy nazorat o’rnatishi va ko’rsatiladigan xizmatlar sifatiga ta’sir 
etuvchi muammolar yuzaga kelganda ularga ma’lum qilishi mumkin.
Ta’kidlash, joizki odatda buyurtmachi auditorlik tashkilotiga murojat qilganida bitta emas, 
balki bir necha xizmatni olishni hohlaydi. Shuning uchun ayrim xizmat turlarini alohida ko’rib 
chiqamiz.
a) buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, qayta tiklash va yuritish. Buxgalteriya hisobini 
yo’lga qo’yish xizmati ko’plab tadbirlarni va avvalo uzoq muddatli hisob siyosatini aniqlash, 
buxgalterlik hisobining shaklini tanlash, texnik vositalar majmuini tanlash, buxgalterlik xizmatining 
tuzulmasini shakllantirish, hujjatlar aylanish grafigini va buxgalter xodimlarning xizmat vazifalarini 
ishlab chiqish va boshqalarni o’z ichiga oladi. Ushbu tadbirlarni o’tkazish natijasida buyurtmachi 
korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilinadi.
Mazkur xizmat turining o’zi bir martalik xususiyatga ega bo’lib, yangidan tashkil 
etilayotgan korxonalarda alohida auditorlik tashkilotlari tomonidan buxgalteriya (moliyaviy, 
boshqaruv) hisobini tashkil etish texnologiyasiga talab juda katta. Buxgalteriya hisobini yo’lga 
qo’yish bo’yicha ko’rsatiladigan professional xizmatning davomi sifatida auditorlik tashkiloti 
mijoz-korxona buxgalteriyasi uchun bo’lim buxgalterlaridan tortib to bosh buxgalter va moliya 
ishlari bo’yicha xodimlarni tanlashi va o’qitib berishi ham mumkin.
Buxgalteriya hisobini qayta tiklash xizmati ham ma’lum davr ichida bajariladi va bir 
martalik xususiyatga ega.
Hisobni qayta tiklash – ancha murakkab ish bo’lib, u auditorlik tashkilotining eng malakali 
mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin