shuningdek, litsenziyani bekor qilish haqida litsenziyalovchi organ tomonidan chiqarilgan qarorlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak. Litsenziyalovchi organ auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lgan auditorlik tashkilotlarining reestrini yuritadi, unda quyidagilar ko’rsatib o’tilgan bo’lishi kerak: -
auditorlik tashkilotining nomi va uning joylashgan o’rni (pochta manzili); -
telefon (faks) raqami; -
hisob-kitob schyoti; -
soliq to’lovchining identifikatsiya raqami; -
ta’sischilarning ustav kapitalidagi ulushlari to’g’risidagi axborot; -
tashkilot rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi hamda auditor malaka sertifikatining sanasi, uning tartib raqami, shuningdek, auditor tashkilotida ishlovchilarning malaka sertifikatlarining tartib raqamlari va sanalari; -
litsenziya berilgan sana, uning tartib raqami va amal qilish muddati; -
litsenziyalarning amalda bo’lishini uzaytirish, to’xtatib turish, to’xtatish, tiklash va bekor qilish asoslari va sanalari; -
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish va dublikatlar berish asoslari va sanalari. Reestrdagi axborot manfaatdor shaxslarning u bilan tanishib chiqishlari uchun ochiq hisoblanadi va yozma holdagi so’rovga ko’ra reestrdan ko’chirma tariqasida beriladi. Bir auditorlik tashkilotiga nisbatan reestrdan olingan axborotni berganlik uchun eng kam ish haqining (axborot taqdim etish to’g’risida ariza berilgan sanadagi) yarmi miqdorida haq undiriladi. Davlat hoqimiyati va boshqaruvi organlariga reestrdan olingan axborot bepul taqdim etiladi. Reestrdan olingan axborotni taqdim etganlik uchun to’lov summasi litsenziyalovchi