Yuqorida ko’rsatilgan ahloq me’yorlariga rioya qilish auditorlarning yuqori ahloqi va professional mas’uliyatlari jamoatchilik fikrida ushbu kasbga hurmat va ishonchni saqlashning obektiv zarurligi bilan kafolatlanadi. Xalqaro amaliyotda «Auditorlarning kasb ahloqi Kodeksi» vaqti-vaqti bilan yangilanib, ayrim qoidalari yangi tahrirda tasdiqlanmoqda, ularga yangi tushuntirishlar va izohlar berib borilmoqda. 4.4. Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish
Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish audit o’tkazish va professional xizmat ko’rsatish chogida audit standartlari va O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga soladigan boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilinishini tekshirish uchun qo’llaniladigan tashkiliy tadbirlar, uslublar va amallar tizimidan iborat. Har bir auditorlik tashkiloti ishlar sifati ustidan nazorat o’rnatish printsiplari va qoidalari, hamda ularni qo’llash amallarini ishlab chiqishlari va qabul qilishlari lozim. Bu audit jarayonida umumqabul qilingan tekshiruv standartlari bilan qarama-qarshiliklar vujudga kelmasligi uchun zarur. Auditorlik faoliyatining yuqori sifati uning dastlabki, joriy va keyingi nazorati ta’minlashi lozim. Dastlabki nazorat auditorlar va auditorlik tashkilotlarini attestatsiyadan o’tkazish va litsenziyalash bosqichda bajariladi. Joriy nazorat ikki yo’nalishda amalga oshiriladi: alohida auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish va auditning umumiy nazorat qilish. Alohida auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish auditorlarning mustaqilligi, professionalligi va kompetentligini ta’minlashni; ularning ishlarini joriy nazorat qilishni;