Tashqi nazorat amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga muvofiq davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Auditor ishlari sifatini nazorat qilish ikkita asosiy yo’nalishga ega:
ayrim auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish.
sifatni umumiy nazorat qilish. Ayrim auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish quyidagi tushunchalarni o’z ichiga oladi: -Vakolatlarni berish. Auditorlarning mustaqilligini, professionalligini va kompetentliligini ta’minlash; auditorlar uchun zarur hisoblangan faoliyat erkinliklarini ta’minlash; auditning yozma dasturidan foydalanishi. -Nazorat. Auditorlar ishlarining joriy nazoratini ta’minlash; tegishli tarzda (adekvat) ish tutish uchun xo’jalik yurituvchi subekt buxgalterlik hisobining eng muammoli masalalarini bilish. -Tekshirish. Auditorlar tomonidan bajarilgan barcha ishlarni, ular bajarilishining standartlarga muvofiqligi, hujjatlarning etarliligi va auditorlik tekshiruvlar maqsadiga erishishni ta’minlash uchun tekshirish. Audit sifatini umumiy nazorat qilish quyidagi elementlarning mavjudligiga tayanadi: -Mustaqillik. Qoida va amallar barcha pog’onalar xizmatchilarining mustaqilligi saqlanganligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarishi uchun auditorlik tashkiloti yilda bir marta o’z mijozlarining ro’yxatini tarqati-shi va o’z xizmatchilaridan mustaqillik to’grisidagi arizani imzolashlarini talab qilishi mumkin. -Xizmatchilarga topshiriqlar. Qoida va amallar ishlarning maxsus tayyorgarlik va tajribaga ega shaxslar tomonidan bajarilishi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarish uchun auditorlik tashkiloti ishlarni oldindan, o’z xizmatchilari uchun