mos topshiriqlarni aniqlay oladigan qilib rejalashtirishi kerak.
-Konsultatsiyalar. Qoida va amallar auditorlik tashkilotlarining xizmatchilari texnik masalalar bo’yicha bilimdon va obro’li kishilardan yordam olishga intilishlari asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarish uchun auditorlik tashkiloti muayyan shaxslarni audit, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot, soliqqa tortish va konsultatsiya xizmatlari kabi sohalarda auditorlik tashkilotining eksperti qilib tayinlashi mumkin. -Nazorat. Qoida va amallar auditorlik tashkilotining joriy faoliyati unda o’rnatilgan sifat standartlariga javob berishi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Auditorlik tashkilotining nazorat amallarini o’rnatishi uchun javobgarligi, audit o’tkazuvchi, rejalashtirish va kontrakt bo’yicha muayyan majburiyatlarni, bajaruvchi muayyan shaxslar javobgarligidan alohida ajratilgan. Ushbu nazorat talabini bajarish uchun auditorlik tashkiloti barcha ish hujjatlarini, hisobotlarni talab qilishlari va ularni tekshirish uchun tegishli nazorat qiluvchi va texnik xodimlarga taqdim qilishi mumkin. -Ishga yollash. Qoida va amallar ishga yollangan xizmatchilarning malakali mutaxassislar ekanligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu nazorat talabini bajarish uchun auditorlik tashkiloti minimal malakaviy talablarni o’rnatishi mumkin (masalan, buxgalteriya yozuvlarini buxgalteriya ixtisosligi bo’yicha bilim darajasi yaxshi, o’rtacha yoki o’rtacha bo’lgan kollej bitiruvchisi yuritishi mumkin). -Professionallik darajasini oshirish. Qoida va amallar auditorlik tashkilotining xizmatchilari o’z xizmat majburiyatlarini bajarishlari uchun etarli bilimlarga egaligi haqida