e’tiboriga etkazish;
qoidalar va amallar, ularni qo’llash uslublariga va xizmatchilarga etkazish amaliyotiga oldingiday mos kelish-kelmasligini aniqlash uchun auditor ishlari sifatini nazorat qilish tizimining samaradorligini tekshirish. Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va amallari yozma shaklda ifodalangan bo’lishi shart emas. Ular xodimlarni ishga qabul qilishda og’zaki etkazilishi va auditorlik tashkilotining umumiy majlisida yilda bir marta takrorlanishi mumkin. Ayni paytda auditorlik tashkiloti o’z qoidalari va amallari-ni hujjatlar bilan mustahkamlashi tavsiya qilinadi. Hujjatlashtirish turlari va hajmi, eng avvalo auditorlik tashkilotining hajmi va uning faoliyati xususiyatiga bog’liq. 4.5. Auditor ishlarining sifatini ta`minlashning xorij tajribasi Auditning sifatli o’tkazilishini ta’minlash foydalanuvchilarning auditorning kapital bozordagi roli haqida kutganlarini bajarish uchun birinchi darajali ahamiyatga ega. Biz audit sifatiga erishish uchun foydalaniladigan yondashuvlarni ko’rib chiqamiz. Biroq davom etishdan oldin audit sifati nima degan o’ta muhim savolga javob berish uchun paytdan foydalanishimiz kerak. (2003)da e’lon qilingan GAO tasdiqlaydiki, audit sifait “tekshirilgan moliyaviy hisobotlar va u bilan bog’liq holda ochilgan axborotlar GAAP buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan printsplariga mos holda taqdim etildi va (2) xatolar va firibgarliklar tufayli jiddiy kamchiliklarga ega emasligiga etarlicha ishonchni ta’minlash uchun auditning umumqabul qilingan standartlariga mos holda” amalga oshiriladi. Moliyaviy hisobotlar bo’yicha kengash (MHK) audit sifati bo’yicha aniq ko’rsatma berish uchun “audit bo’yicha sifat tizimi”ni ishlab chiqdi. MHK Qo’shma Qirolliklarda mustaqil boshqaruv (tartibga