malakali ekspert-mutaxassislarni jalb qilishi mumkin. Ta’bir joiz bo’lsa, Luqmoni Hakimning o’gli Saronga aytgan: «Bilmagan narsangda ustozlik qilma» degan nasihatini eslatishimiz o’rinlidir. Auditorlar buxgalterlik hisobi, soliqqa tortish, moliyaviy faoliyat va fuqarolik huquqi, auditni tashkil etish va rejalashtirish, qonunchilik, buxgalterlik hisobi va auditorlik faoliyatining milliy va xalqaro standartlari, hamda normalari sohasidagi o’z professional bilimlarini doimo yangilab borishlari lozim. Audit o’tkazish yoki professional xizmat ko’rsatishda auditor halol bo’lishi, barcha vujudga kelgan vaziyatlar va real faktlarni shaxsiy adovatlarga yo’l qo’ymasdan, xolisona o’rganishi, auditorlik faoliyatining xalqaro va milliy standartlari talablariga rioya qilishi lozim. Agar u halollikni rad etib, tez boylik orttirish maqsadida «imzosini sotish» yo’liga o’tib olsa, o’zining kasb mahoratini yo’qotadi. Natijada, auditorlik xizmati bozorida o’ziga o’rin topa olmaydi va auditorlik hamjamiyatida beobro’ bo’lib qoladi. Auditor soliq qonunchiligining barcha jihatlariga qat’iy rioya qilishi lozim. Soliqqa tortish bo’yicha professional xizmat ko’rsatish chog’ida auditor mijoz-korxona manfaatlarini himoya qiladi. Lekin u mijoz-korxona soliqni yashirish va soliq organini aldash maqsadida hujjatlarni qalbakilashtirishga yo’l ko’rsatmasligi kerak. Soliq hisob-kitoblari va to’lanishi bo’yicha tekshiruv jarayonida aniqlangan barcha xato-kamchiliklar to’g’risida mijoz- korxona ma’muriyatiga bildirishi zarur. Auditor tekshiruv jarayonida olingan mijoz-korxona faoliyati to’g’risidagi barcha axborotlarni, uning bilan aloqa to’xtatilgan yoki davom etayotganligidan qat’iy nazar, cheklanmagan vaqt davomida maxfiy saqlashi lozim. Auditor ushbu axborotlarni o’z foydasi