qo’yish, ishonchga sazovor aniq dilillarga asoslangan auditorlik xulosasi tuzish, yo’l qo’yilgan xato-kamchiliklarni tahlil qilib, ularni tuzatish yo’llarini aniqlash, korxona moliyaviy ahvolini yaxshilaydigan tavsiyalar berishdan iborat. Buning uchun auditorning kasb mahorati vijdon, or-nomus kabi ahloqiy fazilatlar bilan ham uyg’unlashgan bo’lmog’i lozim. Auditor hamma vaqt mustaqil bo’lishi kerak. Bu printsip, agar auditorlik tashkiloti va mijoz-korxona o’rtasidagi munosabatlar (moliyaviy, qarindosh-urug’chilik yoki shaxsiy tobelik, boshqaruv organlari yoki umumiy loyihalarda qatnashish, buxgalteriya hisobini yuritish bo’yicha oldindan xizmat ko’rsatish va h.k.) auditorlik faoliyati natijalariga ta’sir ko’rsatadigan bo’lsa, auditorlik tashkiloti audit o’tkazish yoki professional xizmat ko’rsatishdan voz kechish lozimligini bildiradi. Audit o’tkazish yoki professional xizmat ko’rsatish chog’ida auditor professional kompetentlilikka rioya qilishi zarur. Audit o’tkazish yoki professional xizmat ko’rsatish bo’yicha majburiyat olgan auditor mazkur sohada o’zining kompetentliligiga ishonch hosil qilishi lozim. Xususan, o’z majburiyatini vijdonan bajarishi, auditorlik xizmatlarini kafolatlay olishi uchun zamonaviy metodikaga asoslangan va barcha amaldagi me’yoriy hujjatlar qoidalari hisobga olingan, etarli darajadagi bilim va tajribaga ega bo’lishi lozim. Auditor o’zining bilim va tajribasi etishmagan, hamda uning malaka sertifikatiga mos kelmagan hollarda auditorlik tekshiruvlari o’tkazmasligi va professional xizmatlar ko’rsatmasligi kerak. Auditorlik tashkiloti murakkab masalalarni hal qilishda auditorga yordam berish uchun