ulardan malakali foydalanuvchilarga xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatining natijalari to’g’risida to’g’ri xulosalar qilishga va ushbu xulosalarga asoslangan qarorlar qabul qilishga imkon beradigan darajasi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, bu auditorlik dalillar qanchalik ishonchga sazovar va haqiqatga yaqin ekanligini tavsiflaydi. Audit jarayonida olingan dalillarning ishonchliligi mustaqillik va manba kompetentligi, ichki nazorat tizimining samaradorligi kabi
omillarga bog’liq. Auditorning o’zi mustaqil manbalardan olgan dalillarning ishonchlilik darajasi xo’jalik yurituvchi subektdan olingan dalillarga qaraganda yuqoriroq. Barcha dalillar yig’indisini faqat so’ngilari etarli bo’lganidagina ishonchli deb hisoblash mumkin. Dalillarning etarliligi ularning miqdori va sifati bilan belgilanadi. U tanlash ko’lami va to’plamdagi muayyan elementlarning tavsifi bilan bog’liq. Axborotlarning samaradorligi esa tanlash elementlarining reprezentativligi (bosh to’plamning o’rganilayotgan belgilar bo’yicha xususiyatlari tanlama to’plamda namoyon bo’lishi)ga bog’liq, ya’ni reprezentativlik qancha yuqori bo’lsa, auditorlik riski shuncha past bo’ladi. Auditorlik risklarini pasaytiruvchi dalillarning etarliligi to’g’risida auditor ichki nazorat tizimini baholash va auditorlik riskining hajmiga asoslanib xulosa qilishi mumkin. Ichki nazorat tizimi qanchalik ishonchli va auditorlik riski qanchalik past bo’lsa, auditordan shunchalik kam dalil-isbotlar to’plash talab etiladi. Dalillarning etarliligini aniqlashda quyidagi holatlarni hisobga olish zarur: mustaqil manbalar (uchinchi shaxslar)dan olingan dalillarning mijoz-korxona xodimlaridan olingan