Audit natijalari korxonadagi jarayonlar va moliya-xo’jalik faoliyati natijalarini tashkil etish va hisobga olishni holisona aks ettirishi lozim. Boshqacha qilib aytanda, auditorlik tekshiruvi mumkin qadar ob’ektiv bo’lib, uning xulosasi ma’lum ma’noda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati ustidan chiqarilgan «hukm» hisoblanadi. Shuningdek, davlat organlari topshirig’iga binoan o’tkazilgan tekshiruv natijalari bo’yicha tuzilgan auditorlik xulosasi O’zbekiston Respublikasi protsessual qonunchiligiga muvofiq tayinlangan ekspertiza xulosasiga tenglashtiriladi. Auditorlik xulosasi uchta: kirish, ta’kidlovchi va yakunlovchi qismdan iborat bo’lishi lozim. auditorlik xulosasining kirish qismi da quyidagilar ko’rsatiladi:
auditorlik tashkilotining yuridik manzili va telefonlar;
litsenziyasining tartib raqami;
auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziya bergan organ nomi va berilgan vaqti, shuningdek, litsenziyaning amal qilish muddati;
auditorlik tashkilotini davlat ro’yxatiga olish to’g’risidagi guvohnomasining raqami;
auditorlik tashkilotining hisob-kitob schyoti;
tekshiruvda ishtirok etgan barcha auditorlar hamda auditorlik tashkiloti rahbarining nasabi, ismi-sharifi.
auditorlik tekshiruvi o’tkazish uchun asos va xo’jalik yurituvchi sub’ektning umumiy tavsifi. Shu bilan birga auditorlik xulosasining kirish qismida tekshiruvdan o’tkazilgan moliyaviy hisobotlar ro’yxati, sanasi va hisobot davri ko’rsatilgan holda aks ettirilishi lozim. Shuningdek, kirish qismida auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladigan hisobotning tayyorlanishi va ishonchliligi uchun ma’suliyat xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yuklatilishi,