(auditorlar) tomonidan olingan va o’rganilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt hujjatlari mazmuniga muvofiq bo’lmagan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan soxta tuzilgan hisoblanadi. Auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan soxta tuzilganligi auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini belgilangan tartibda tugatishga, shuningdek aybdor shaxslar qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishiga sabab bo’ladi. 10.4. Auditrolik tekshiruvi uchun javobgarlik Tasodifiy javobgarliklarni ko’zdan kechirish Tasodifiy javobgarlik bu mavjud talab, vaziyat yoki sharoitda kelajakda voqealar sodir bo’lishi yoki muvaffaqiyatsizlikka uchrashini hal qilish uchun mumkin bo’lgan yo’qotishlar haqidagi noaniqlikni aniqlashni bildiradi. “Ehtimollik hisobi” tasodifiy javobgarlik mavjudligini bildiradi, 3 kategoriyadan foydalanib kelajakda hodisa natijasida zarar ko’rish ehtimoli aniqlanadi: 1. Ehtimol. Kelajak hodisasi sodir bo’lishi mumkin. 2. Mantiqiy ehtimollik. Kelajak hodisasi yuz berish riski yiroq, sodir bo’lish ehtimoli pastroq. 3. Uzoq. Kelajak hodisasi yuz berish ehtimoli past. Moliyaviy hisob kurslarida o’rganganingizdek, agar hodisa yuz berishi mumkin bo’lsa va zarar ko’rish qiymatini mantiqiy baholay olinsa, ziyon daromadga mos oshib boradi. Hodisa oqibati mantiqiy amalga oshishi mumkin deb baho berilsa yoki qiymati baholay olinmasa, tasodif moliyaviy hisobotda oshkora havola qilinadi. Yillik hisobotdan olingan shunday oshkoralikka misol bo’la oladi. Umuman olganda, zarar ehtimollari yiroq deb baholansa, u na moliyaviy hisobotlarda yig’iladi va na havolalarda aks ettiriladi.