markalari, xizmat ko’rsatish belgilari kiradi. Kashfiyot huquqi kashfiyot egasiga qaror qabul
qilish uchun maxsus berilgan huquqdir. Kashfiyotlarni muhofaza qilishning eng ko’p tarqalgan tizimi ularni patentlashdir. Patent - bu yuridik jihatdan tan olingan va ro’yxatga olingan mutlaq huquqdir. Patentga oid huquq uning egasiga tashqaridan boshqa shaxslar aralashmasligi sharti bilan patent amal qiladigan buyumdan, jarayon yoki faoliyatdan foydalanish, ularni ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish imkonini beradi. Patentning patent organlarida ro’yxatdan o’tkazilishi uning himoyalanishiga kafolat bermaydi va u sudda muvaffaqiyat bilan himoyalanmaguniga qadar raqobatbardosh bo’la olmaydi. Shuning uchun ham sudda muvaffaqiyatli himoya qilinishi bilan bog’liq xarajatlarni patent bahosining bir qismi sifatida kapitallashtirish lozimligi to’g’risida umumiy kelishuv mavjud. Agarda sud jarayoni boy berilgan bo’lsa, u bilan bog’liq xarajatlar ham amortizatsiya qilinmagan patent qiymati ham hisobdan chiqariladi. Patentning balans qiymati zarardan nolga teng bo’lishi mumkin bo’lgan qiymatgacha kamaytiriladi. Sanoat mulklari ob’ektlarining o’ziga xos xususiyati, ularga egalik huquqini tasdiqlovchi muhofaza hujjatlarining mavjudligi hisoblanadi. Audit jarayonida nomoddiy aktivlar muhofaza hujjatlarinnig haqiqiyligiga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Bunda, qoidaga ko’ra patent egasida saqlanadigan, faqat bitta rasmiy muhofaza hujjati berilishini, mazkur ob’ektdan litsenziyaga asosan foydalanadigan shaxslarda esa muhofaza hujjatining nusxasi bo’lishi lozimligini nazarda tutish kerak. Xalqaro amaliyotda «nou–xou»