* noishlab chiqarishdagi asosiy vositalar; * moliyalanadigan lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar. Amortizatsiya ajratmalarining hisoblanishini tekshirish chog’ida auditor amortizatsiya hisoblash usullari (chiziqli usul, kamayib boruvchi qoldiq usuli, foydali ishlatish muddati davomidagi yillari yigindisi bo’yicha qiymatini hisobdan o’chirish usuli, qiymatni mahsulot (ish) hajmiga mutanosib ravishda hisobdan o’chirish usuli)ga e’tibor berishi zarur. Asosiy vositalar ob’ektlarining bir xil guruhlari bo’yicha amortizatsiya hisoblashning tanlangan u yoki bu usulini qo’llash butun foydali xizmat qilish muddati davomida boshqasiga o’zgartirilmasdan amalga oshirilishi lozim. Ammo, soliqqa tortish maqsadida
2. Karla M. Johnstone, Audrey A. Gramling, Larry E. Rittenberg. Auditing: A Risk Based-Approach to Conducting a Quality Audit (with ACL CD) 10th Edition
amortizatsiya ajratmalari hisoblash O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq asosiy vositalar ob’ektlarining dastlabki qiymatiga nisbatan amalga oshirilishi ham mumkin. Auditor tanlab tekshirish usuli bilan asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddati to’g’ri belgilanganligini aniqlaydi. Chunki, hisobot davridagi amortizatsiya ajratmalari summasi va amortizatsiya ajratmalari normalarini belgilash shunga bog’liq. Amortizatsiya ajratmalari normalari noto’g’ri belgilangan holatlar aniqlanganida, auditor buning oqibatida mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxi qanchalik oshgan(pasaygan) ligini aniqlaydi. Shuningdek, amortizatsiya hisoblash muddatlarining boshlanish va to’xtatilish muddatlari,