*
hisobot davri davomida asosiy vositalar katta miqdorda kirim qilingan hollarda eski
qurilmalar qiymati hisobdan o’chirilganligini.
Asosiy vositalar kirimini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishni boshlashda dastlabki
hujjatlar, ularning belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilganligi nuqtai nazaridan
shaklan tekshiruvdan o’tkazilishi zarur.
Korxonadagi asosiy vositalar o’ziniki va lizing shartnomasi asosida olingan bo’lishi
mumkin. O’z asosiy vositalari korxonaga tegishli bo’lib, lizinga olinganlari esa operativ (qisqa
muddatli) va moliyalanadigan (uzoq muddatli) lizing sharti bilan olingan bo’ladi. Lizing
oluvchi va lizing beruvchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar Fuqarolik Kodeksi, Lizing
to’g’risidagi qonun va boshqa tegishli huquqiy-me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilingan
holda, yozma ravishda tuzilgan ijara shartnomasiga muvofiq tartibga solib turiladi.
11.4. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning to’g’riligini tekshirish
Auditor asosiy vositalarga eskirish hisoblashning to’g’riligini tekshirishda o’rnatilgan har
oylik eskirish hisoblash qoidalariga buxgalteriya tomonidan rioya qilinayotganligini aniqlashi
lozim. Bunda tekshirish uchun asosiy vositalarga eskirish hisoblashda to’ldiriladigan 6-
shakldagi hisob-kitob jadvali asos bo’lib xizmat qiladi. Auditorga xizmat qilish muddati o’tib,
amortizatsiya hisoblash to’xtatilgan asosiy vositalar ob’ektlarining ro’yxati taqdim etilishi
Dostları ilə paylaş: