10-«Materiallarning pul ifodasidagi harakati» qaydnomasining to’g’ri yuritilishini;zimmalarida moddiy boyliklar qoldiqlari hisobda turgan moddiy javobgar shaxslarning hammasi ham har oyda moddiy hisobotlarni topshirishini; aytilgan hisobotlar topshirilmay turib(moddiy javobgar shaxsning kasalligi yoki boshqa sabablarga ko’ra) korxona rahbarining alohida farmoyishi bo’yicha materiallar hisobdan chiqarilishini va hisobdan chiqarilgan materiallarning soni va qiymatiga keyin topshirilgan hisobot bo’yicha o’zgartirishlar qilinishi;moddiy boyliklar ishdan bo’shagan xodimlar hisobida turgan hollar borligini (agar bor bo’lsa, buning sabablarini va aybdor shaxslardan ularning qiymatini undirish uchun qanday choralar ko’rilganligini );kelib tushgan(mol etkazib beruvchilardan va hokazo ) moddiy boyliklar hisob baholari bo’yicha qiymatining 6 yoki 7-jurnal orderlarda aks ettirilgan baholar bo’yicha qiymatiga mos kelishini; sarflangan va sotilgan materiallar hamda foydalanishga berilgan va ishga yaroqsizligi tufayli hisobdan chiqarilgan arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlarning eskirishi tegishli balans schyotlarida to’g’ri hisobga olinganligini; moddiy boyliklarning amaldagi tannarxini ularning hisob baholari bo’yicha qiymatidan farqi to’g’ri aniqlanganligini va hisobdan chiqarilganligini; hisob baholarini qo’llash qiyin bo’lgan inflyatsiya sharoitlarida moddiy boyliklarni baholash usuli borasida korxonada qanday hisob yuritish siyosati qo’llanilayotganligini; transport-tayyorlov xarajatlarining tarkibi to’g’ri aniqlanganligi va hisobga olinayotganligi; moddiy boyliklarning harakatiga doir muomalalar 16-qaydnomada to’g’ri va to’liq aks ettirilganligini;jo’natilgan moddiy boyliklar uchun xaridorlar zimmasidagi qarzlarning