bilan taqqoslaydi. Kelayotgan yuklarni hisobga olish jurnali va mol etkazib berish shartnomalarini hisobga olish kartochkalaridagi yozuvlar bo’yicha auditor tekshirilayotgan davr ichida qanday mol etkazib berishlar amalga oshirilganligini aniqlashi mumkin. Agar moddiy qiymatliklar jismoniy shaxslardan yoki yuridik shaxs huquqiga ega bo’lmagan tadbirkorlardan naqd pulga sotib olingan bo’lsa, auditor xarid dalolatnomalarining mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligiga e’tibor qaratadi. Xarid dalolatnomasida quyidagi majburiy rekvizitlar bo’lishi lozim: sotuvchining pasport ma’lumotlari, moddiy qiymatliklarning nomi, miqdori va qiymati. Olingan moddiy boyliklarni rasmiylashtiradigan ichki hujjatlarga yukni qabul qilib oluvchi shtampasi bosilgan mol etkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi hujjatlari, kirim dalolatnomalari, kirim orderlari va yukni qabul qilish tartibiga ko’ra ayrim boshqa hujjatlar kiradi. Sotib olingan moddiy boyliklarning to’g’ri baholanishi va to’liq kirim qilinishini tekshirishni boshlashda auditor moddiy boyliklarni hisobga oladigan vedomostlarda aks ettirilgan jami summalarning boshqa hisob registrlari ma’lumotlariga mosligini aniqlaydi. Moddiy boyliklarning to’liq kirim qilinganligini tekshirishda auditor mol etkazib beruvchilarning hisobga olinmagan schyotlarini aniqlash maqsadida, mol etkazib beruvchilardan kreditor qarzlarning haqqoniyligiga e’tibor qaratadi. Buning uchun u buxgalteriya hisobi registrlaridagi yozuvlarni taqdim qilingan schyotlar, shartnomalar va mol etkazib beruvchilarga to’langanlik to’g’risidagi pul hujjatlari ma’lumotlari bilan solishtiradi. Tovar-moddiy zahiralarining kirimiga doir muomalalarni hujjatlar bo’yicha tekshirish chog’ida qabul qilishning miqdor va sifat qoidalariga rioya qilinishi; qabul qilish