boyliklar» va 003-«Qayta ishlashga qabul qilingan materiallar» degan balansdan tashqari schyotlarda hisobga olinishi lozim. Hujjatsiz (schyot-fakturasiz) olingan materiallarni tekshirish ayrim xususiyatlarga ega. Ular 6010 - «Mol etkazib beruvchilarga va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (joriy qismi) yoki 7010 - «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (uzoq muddatli qismi) schyoti bo’yicha yuritiladigan hisob registrida har bir olingan materiallar bo’yicha alohida so’ngi kirim qilingan partiya bahosi bo’yicha aks ettirilishi lozim. Bunda raqam o’rniga «N» harfi (fakturlanmagan) qo’yiladi. Auditor bunday moddiy boyliklarni kirim qilishga doir yozuv hisobda qanday aks ettirilganligini aniqlashi zarur. Chunki, keyingi oyda mol etkazib beruvchilar hujjatlarining kelib tushishiga qarab, ushbu yozuvlar mol etkazib beruvchilarning hisob-kitob hujjatlariga asosan materiallarni haqiqiy sotib olish bahosi bo’yicha kirim qilish bilan bir vaqtning o’zida tuzatilishi (storno qilinishi) kerak. Hujjatsiz mol olingan holatlar mavjud bo’lganida auditor quyidagilarni tekshiradi: * qabul qilish dalolatnomalarini tuzish tartibiga qanday rioya qilinayotganligi; * hujjatlarsiz olingan moddiy boyliklarni kirim qilishning to’liqligi va to’g’riligi; * baho belgilashning to’g’riligi; * mol etkazib beruvchilarning qarama-qarshi hujjatlari kelib tushganda qilingan tuzatish (korrektirovka) larning to’g’riligi (buning uchun auditor qabul qilish dalolatnomalaridagi