Infeksion va infeksion bo`lmagan



Yüklə 14,71 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü14,71 Kb.
#210287
ISITMA



Kelib chiqish sababiga ko`ra, infeksion va infeksion bo`lmagan isitmalar farq qiladi. Isitmaning keyingi xili shikastlangan to`qimalarga dori surtilayotganda, qon quyilayotganda organizmga yot narsa tushganda, markaziy nerv tizimi shikastlanganda, odam zaharlanganida kuzatiladi.
Isitma turlari. Isitma nechog`li balandligi, qancha davom etishi va harorat qay tariqa o`zgarib turishiga qarab farqlanadi. Balandligiga qarab subnormal (35-36°C), normal (36-37°C) va subfebril (37-38°C) harorat tavofut qilinadi. Haroratni 38°C oshishi isitma deb, shu bilan birga 38°C dan 39°C gacha ko`tarilishi o`rtacha, 39°C dan 42°C gacha yetishi yuqori va 42-42,5°C gacha oshishi o`ta yuqori isitma deb hisoblanadi.
Isitma qanchalik uzoq davom etishiga qarab: 1) tez o`tib ketadigan — bir necha soatdan 1—2 kungacha davom etadigan; 2) o`tkir — 15 kungacha; 3) o`rtacha o`tkir — 45 kungacha; 4) cho`ziladigan va surunkali — 45 kundan ko`p davom etadigan isitmalarga bo`linadi.
Haroratning o`zgarishiga qarab, isitmaning quyidagi turlari farq qilinadi:
1. Doimiy isitma — baland bo`lib, uzoq davom etadi, harorat kuniga 1°C dan ko`p o`zgarmaydi. Toshmali terlama va ich terlama, hamda zotiljam (o`pkaning krupoz yallig`lanishi) uchun xos.
2. Bo`shashtiradigan isitma — febris remittens — harorat sutkasiga 1°C ko`p o`zgarib, 38°C dan past tushib turadi. Yiringli jarayonlarda, o`pkaning o`chog`li yallig`lanishlarida kuzatiladi.
3. Tinkani quritadigan yoki gektik isitma — febris hectica uzoq davom etadigan isitma bo`lib, bunda harorat kuniga 4—5°C o`zgarib turadi va normal yoki subnormal raqamlargacha tushadi. o`pka silining og`ir xilida, sepsisda (qon zararlanganda), yallig`lanish kasalliklarida qayd qilinadi.
4. Noraso isitma — febris inversa xususiyati va darajasiga ko`ra gektik isitmaga o`xshab ketadiyu, lekin harorat ertalab maksimal, kechqurun esa normal. Bu sil va sepsisning og`irturlarida uchraydi.
5. Atipik isitma — febris irregularis — muddatning notayinligi va haroratning kun davomida noto`g`ri va turli-tuman o`zgarib turishi bilan ta'riflanadi.
6. O`zgarib turadigan isitma — febris intermittis — bezgakda bo`ladi. Harorat xususiyati va o`zgarish darajasiga ko`ra gektik isitmaga o`xshaydi, lekin haroratning baland bo`lib turishi bir soatdan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Harorat ko`tarilishi har kuni emas, bezgak sababchisining xiliga qarab kunora, ikki kunda bir marta takrorlanib turadi.
7. Qaytalama isitma — febris rekurrens bir necha kun davom etadigan baland isitma davrlarining isitmasiz davrlar bilan qonuniy almashinib turishidir. Qaytalama isitma terlama uchun xos.
8. To`lqinsimon isitma—febris undulans — harorat asta-sekin yuqori raqamlargacha ko`tariladigan davrlaming asta-sekin subfebril yoki normal raqamlarga tushadigan davrlar bilan almashinishidir. Brusellyoz va limfogranulematozda kuzatiladi.
Harorat egri chizig`ining ko`rinishi aksariyat kasallikni aniqlash imkonini beribgina qolmay, balki uning kelgusida qanday o`tishi to`g`risida taxminiy fikr yuritishga ham yordam beradi.
Masalan, o`pkaning o`chog`li yallig`lanishida atipik harorat egri chizig`i gektik isitma bilan almashinsa, asorat bor, o`pkada yiringlanish boshlanayapti deb gumon qilish kerak
Yüklə 14,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin