hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyruqning pul mablag’lari hisobiga doir bo’limi; * bankdagi hisob-kitob, valyuta va boshqa maxsus schyotlar bo’yicha muomalalarni amalga oshirishni va ushbu muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishni tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjatlar (O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida Nizom (yangi tahriri)(O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida ro’yxatga olingan №496, 8 oktyabr 1999 y); * buxgalteriya hisobotlari (buxgalteriya balansi (1-shakl) va pul oqimlari to’g’risidagi hisobot (4-shakl); * soliq hisoboti (so’mdagi va chet el valyutasidagi schyotlar to’g’risida ma’lumot); * bankdagi schyotlar bo’yicha muomalalarni hisobga oladigan sintetik hisob registrlari; * bankdagi schyotlarga doir muomalalarni rasmiylashtiradigan dastlabki hujjatlar; * bankdagi schyotlarga doir muomalalarni aks ettirish uchun qo’llaniladigan ishchi schyotlar rejasi; * buxgalteriya hisobining korxonada qo’llaniladigan shakli va bankdagi schyotlardagi mablag’larni hisobga olishga doir registrlar ro’yxati; * bankdagi schyotlardagi pul mablag’larini hisobga olish bilan bog’liq bo’lgan dastlabki hujjatlarning hujjatlar aylanish grafigi; * bankdagi schyotlarga doir muomalalar bo’yicha pul va hisob-kitob hujjatlarini imzolash huquqiga ega shaxslar ro’yxati. Auditor (auditorlar guruhi) kassadagi pul mablag’lari va kassa muomalalarini hujjatlar asosida tekshirishni boshlashdan oldin, odatda, kassadagi naqd pullar, qimmatli qog’ozlar va