to’g’risidagi qaror olingan paytdan to ushbu qaror bekor qilingunga qadar amal qiladi. Buxgalteriya hisobotining ishonchliligini tasdiqlash uchun undagi ko’rsatkichlarning sintetik va analitik hisob, bank ko’chirmasi ma’lumotlariga mosligini tekshirish kerak. Tekshiruv jarayonida bajariladigan amallar auditorning ishchi hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Tafovutlar aniqlanganida farq summalarini ko’rsatish va ularning sabablarini ochib berish zarur. Shunday qilib, bankdagi 5110 «Hisob-kitob schyoti», 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220 «Xorijdagi valyuta schyotlari», 5510-«Akkreditivlar», 5520 «Chek daftarchalari» va 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» bo’yicha amalga oshirilgan bank muomalalarini tekshirishda quyidagilarni amalga oshirish zarur: * korxonaning nechta hisob-kitob schyoti, valyuta schyoti va maxsus schyoti borligi, shuningdek ular qaysi bank muassasalarida ochilganligini aniqlash;
* schyotlar sonini aniqlab, balansning «Hisob-kitob schyoti», «Valyuta schyoti», «Bankdagi maxsus schyotlar» -moddalari bo’yicha qoldiqlarni va bu schyotlar bo’yicha bank ko’chirmalaridagi ushbu balans sanasiga bo’lgan qoldiqlarni solishtirish, shuningdek, bank ko’chirmalarida aks ettirilgan summalarni ilova qilingan dastlabki hujjatlarda aks ettirilgan summalar bilan taqqoslash lozim; * amalga oshirilgan muomalalarning O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini tekshirish; * bankdagi schyotlardan olingan ko’chirmalar va ko’chirmalarga ilova qilingan, muomulalarni tasdiqlovchi hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirishini tekshirish;