* bank ko’chirmalarida va bankdagi pul mablag’lari hisobga olinadigan registrlarda pul mablag’larining kirimi va chiqimi bo’yicha oborotlarni jamlashni va kun oxiriga qoldiq chiqarishning to’g’riligini arifmetik tekshirish; * bank ko’chirmalaridagi, buxgalteriya hisobi registrlaridagi va Bosh daftardagi yozuvlarni hamda Bosh daftardagi qoldiqlar va balans moddalarining mosligini tekshirish; * bank muomalalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligini aniqlash zarur. (Masalan: kassaga olingan naqd pullarni 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag’lari» schyoti debetida aks ettirish o’rniga boshqa schyotlarga olib borish hollariga yo’l qo’yilmaganligini aniqlash); * bank ko’chirmasida aks ettirilgan har bir muomala tegishli dastlabki hujjatlar (schyotlar, to’lov topshiriqlari, to’lov talabnomalari, shartnomalar, akt protsentovkalar va boshqalar) bilan tasdiqlanishi lozim. Bank ko’chirmalariga ilova qilingan * dastlabki hujjatlar quyidagi tartibda guruhlanadi; oldin bank ko’chirmalariga kirim hujjatlari, ulardan keyin esa barcha chiqim hujjatlari ketma-ket ilova qilinadi; * bank ko’chirmalarini bunday tartibda tekshirish bank hujjatlarini amalga oshirilgan muomalalarning mohiyatiga ko’ra tekshirish bilan birga amalga oshirilishi kerak. Bunda auditor quyidagilarni aniqlashi lozim: * tovarsiz schyotlar va boshqa noqonuniy muomalalar bo’yicha bo’naklar (avanslar) va to’lovlarning noto’g’ri o’tkazilishiga yo’l qo’yilmayotganligi (tekshirilaetgan korxonaga aloqador bo’lmagan, boshqa korxonalar haridlari va sarflariga doir schyotlarni to’lash va h.