berkitilmaganligini ham aniqlashi lozim.
Kassa hujjatlarini tekshirish ayni paytda kassa va moliya intizomini tekshirish bo’lib
ham hisoblanadi.
12.6. Bankdagi schyotlarga doir muomalalarni hisobga olish va nazorat qilishning holatini
tekshirish
Auditor bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditini bankdagi milliy va chet el
valyutasidagi pul mablag’lari to’g’risidagi ma’lumotlarni hamda ularga ilova qilingan soliq
hisobotini tekshirishdan boshlaydi. Bunda dastavval bankda ochilgan schyotlar soni va
raqami hamda qaysi bankda ochilganligini aniqlanadi. Bu ma’lumotlar auditorga barcha
schyotlar bo’yicha bank ko’chirmalarini va har bir schyot bo’yicha hisob registrlarini
tekshirish uchun kerak bo’ladi.
So’ngra auditor korxona va bank o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning yuridik asoslarini
aniqlaydi, bank xizmati ko’rsatish to’g’risidagi shartnomaning O’zbekiston Respublikasi
Fuqarolik Kodeksi normalariga muvofiqligini tekshiradi.
Bankdagi schyotlar bo’yicha pul mablag’lari kirimi va chiqimiga doir muomalalar
bankda tegishli dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dastlabki hujjatlarning
Dostları ilə paylaş: