* kassa hisobotlarida va kassa daftarida hisobotlarni hamda unga ilova qilingan hujjatlarni tekshirishga qabul qilinganligi to’g’risida bosh buxgalter yoki muovinining imzosi borligi; * ish haqi berish, xizmat safari va xo’jalik sarflariga va boshqa maqsadlar uchun bankdan olingan pullarning maqsadga muvofiq ishlatilishi; * kassa qoldiqlarining tekshirilayotgan korxona uchun bank tomonidan belgilangan limitga to’g’ri kelishi; * berilmagan ish haqi summalari va realizatsiyadan tushgan nakd pul daromadlarining bankka o’z vaqtida topshirilishi; * naqd pullarni begona shaxslarga ishonchnomasiz berish hollari va shunga o’xshashlar; * to’lg’azilmagan cheklarga rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzo qo’yilishi va cheklarni kassirga bankdan pul olish chog’ida mustaqil to’ldirish uchun berish hollari; * chek daftarchasi bosh buxgalter seyfida saqlanishi o’rniga amaldagi tartibni buzib, kassirga berib qo’yilganligi; * korxonada «Kassa kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish daftari» (KO-3 shakl) va «Kassa daftari» (KO-4 shakl)ning mavjudligi, daftarlarning barcha varaqlari raqamlanib, oxirgi betida varaqlar soni ko’rsatilganligi, ip o’tkazib boglanganligi hamda rahbar va bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanib muhrlanganligi; * kassa orderlari va boshqa pul hujjatlarida tegishli mansabdor shaxslar va pul oluvchilar imzolarining mavjudligi va ularning haqiqiyligi; * kassa hujjatlariga maxsus shtamp bosilishi;