* hisob-kitob schyotidagi pul mablag’lari harakatiga doir muomalalarning sintetik hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirilishi; har bir bank ko’chirmasi ma’lumotlarining hisob registrlariga yozib borilishi; * bank ko’chirmasi va hisob registrlaridagi summalar tengligi. Sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar haqini to’lash hisobiga xaridorlar va buyurtmachilar tomonidan o’tkazilgan pul mablag’larining to’liq kirim
qilinishini tekshirish chog’ida 5110-«Hisob-kitob schyoti»ning debeti bo’yicha yozuvlar 4010- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» bo’yicha hisob registrlarining kredit oborotlari taqqoslanishi zarur. Banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlaridan kredit ko’rinishida olingan pul mablag’larining kirimi, pul mablag’larining boshqa hisob-kitob schyotlaridan qabul qilinishi 6810-«Qisqa muddatli bank kreditlari», 6820-«Qisqa muddatli qarzlar», 7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari», 7820-«Uzoq muddatli qarzlar», 5510-«Akkreditivlar», 5520-«Chek daftarchalari», 5530-«Boshqa maxsus schyotlar», hamda bank ko’chirmalari va ularga ilova qilingan hujjatlar bo’yicha buxgalteriya hisobi registrlarining yozuvlari qarama-qarshi solishtirish yo’li bilan tekshiriladi. Bank kassasiga topshiriladigan naqd pul mablag’larining to’liq kirim qilinishini tekshirishga auditor alohida e’tibor qaratishi lozim. Buning uchun bank ko’chirmalari, ularga ilova qilingan hujjatlar bilan 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari» schyotining krediti bo’yicha yuritiladigan hisob registri ma’lumotlari qarama-qarshi tekshiriladi. Pul mablag’laridan qanchalik haqqoniy va asosli foydalanishni aniqlash uchun, ularning