tekshirilayotgan korxona tomonidan o’tgan yili dekabr oyida keyingi yil uchun ishlab
chiqarish binolarining ijara haqi to’langan. Ushbu sarf shu vaqtning o’zida ya’ni o’tgan yili
dekabr oyida mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga olib borilgan. Auditor ushbu xo’jalik
muomalasini asossiz, ya’ni o’tgan yildagi mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxini sun’iy
ravishda oshirgan va moliyaviy natijani hamda foyda solig’ini pasaytirgan deb topdi va
tuzatish kiritishni tavsiya qildi. Shu bilan birga to’langan ijara haqi keyingi yil davomida
umumiy summaning 1/12 qismi miqdorida har oyda xarajatga hisobdan o’chirishi lozimligini
tushuntirdi. O’zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunining 9-
moddasiga muvofiq korxonada sodir etilgan barcha xo’jalik muomalalari amalga
oshirilayotgan vaqtda yoki amalga oshirilib bo’lingandan so’ng tegishli dastlabki hujjatlar
bilan rasmiylashtirilishi lozim. Xarajatlarni hujjatlashtirish tamoyili auditorning xarajatlarni
asoslash uchun isbotlovchi hujjatlarning mavjudligi, hamda ushbu muomalalarni
buxgalteriya hisobida aks ettirishning to’g’riligini tasdiqlash vazifasini belgilab beradi.
Yuqorida nomi qayd qilingan, «Xarajatlar tarkibi. . . . to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq
barcha xarajatlar ko’rib chiqiladi
Auditor xarajatlar tarkibini batafsil tahlil qilib chiqishi uchun har bir xarajat
guruhidagi iqtisodiy elementlarni tekshirib chiqishi lozim.
15.4.Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish
Ushbu xarajatlar guruhi iqtisodiy mazmuniga ko’ra mahsulot (ish, xizmat)lar
Dostları ilə paylaş: