Asosiy xarajatlar, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlarining to’g’ri va asoslangan hamda me’yorlarga muvofiqligini tekshiriladi. Mahsulot (ish, xizmat) larning rejadagi va hisobot kalkulyatsiyasining to’g’riligini xarajat moddalari bo’yicha tekshiriladi. Natijada reja va haqiqiy tannarx o’rtasidagi tafovutlarni moddalar bo’yicha tahlil qilinib, tafovutlar sababi aniqlanadi. Xom ashyo va materiallarni sarflashning to’g’riligi, baholar to’g’riligini tekshirish metodlari, mahsulot (ish, xizmat) birligiga to’g’ri keladigan sarf me’yoriga rioya qilinishi tekshiriladi. Brak(yaroqsizlik)dan ko’rilgan yo’qotishlar va ishlab chiqarish xarajatlari schyotlarini yopishning to’g’riligini tekshirish. Auditor shuni yaxshi bilishi zarurki, mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxi buxgalteriya hisobida oddiy faoliyat turlari bo’yicha hisobot davrida mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) va realizatsiya bilan bog’liq sarflar yig’indisi kabi aniqlanadi. Tannarx soliqqa tortish maqsadlarida hisob elementi sifatida esa soliqqa tortiladigan bazani kamaytiradigan miqdor bo’lib hisoblanadi. Ushbu ta’rifdagi tafovut faqat shaklan ya’ni atamashunoslik nuqtai nazaridan emas, balki miqdor jihatidan hamdir. Chunki, soliqqa tortish maqsadida hisoblanadigan tannarxga odatdagi faoliyat turlariga doir sarflar belgilangan me’yor(limit)lar va cheklashlarni hisobga olgan holda qo’shiladi. Mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) xarajatlari to’langan vaqtidan qat’iy nazar (oldin yoki keyinchalik to’langan), qaysi hisobot davriga taalluqli bo’lsa, shu davr tannarxiga qo’shiladi. Xo’jalik faoliyatidagi faktlarning vaqtinchalik aniqlik tamoili tannarxni to’g’ri shakllantirish uchun tovar-moddiy zahira (ish, xizmat)lar qiymatining to’langanlik fakti