moddasiga muvofiq ta’mirlash xarajatlarini o’z hisobidan amalga oshirib, mahsulot (ish,
xizmat)lar tannarxiga kiritgani asosli hisoblanar edi.
15.5.Mahsulot tannarxini hisoblashni tekshirish
Kalkulyatsiya
- bu ayrim turdagi mahsulotlar birligining yoki butun tovar
mahsulotlarning tannarxini aniqlash usulidir. Kalkulyatsiya muayyan turdagi mahsulotga
nisbatan xarajatlarni guruhlash usuli sifatida, ishlab chiqarish jarayonining istalgan
bosqichida mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxining har bir tarkibiy elementini kuzatib borish
imkonini beradi. Shu boisdan, mahsulot (ish, xizmat)lar birligining tannarxini hisoblashni
tekshirish ishlab chiqarish xarajatlari auditining muhim bo’lagi hisoblanadi.
Auditor xarajatlarning sarf-xarajat moddalari bo’yicha ularning maqsadi va vujudga
kelish joylariga qarab guruhlanishini hamda bevosita yoki bilvosita yo’l bilan mahsulot (ish,
xizmat)larning har bir turiga olib borilishini bilishi zarur. Iqtisodiyot tarmoqlarida sarf-
xarajatlar tarkibi turlicha va tegishli tarmoq (yoki tarmoqlararo) yo’riqnomalar va uslubiy
tavsiyalar bilan belgilanadi.
Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini hisoblashni tekshirishda auditor quyidagilarning
Dostları ilə paylaş: