ettirilishni to’liqliligi va ishonchliligini ta’minlash, xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va taomillari, aktivlarining saqlanishi hamda korporativ boshqarish tamoyillari joriy etilishi bo’yicha korxona tarkibiy bo’linmasining (ichki audit xizmati) faoliyati. 6
6 Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son qarori bo’yicha “Korxonalardagi ichki audit xizmati to’g’risida NIZOM ”
Ichki audit xizmati - korxona Kuzatuvchi kengashining qarori bilan tashkil etiladigan korxonaning ichki auditni amalga oshiradigan tarkibiy bo’linmasi. Ichki audit faoliyati mamlakatimizga 2007 yildan boshlab joriy etilgan bo’lsada, uning mazmun mohiyati iqtisodchi olimlarimiz tomonidan ilgariroq o’rganilgan. Ya’ni ichki audit tushunchasi va mohiyati yuzasidan bir qancha iqtisodchi olimlar o’z fikr mulohazalarini ilmiy izlanishlarida bildirib o’tgan. AQShdagi ichki auditorlar institutining ta’rifiga ko’ra ichki audit - iqtisodiy sub’ektda shakllantirilgan, uning mulkdorlari manfaatlarini himoya qiladigan va uning ichki hujjatlari tizimini tartibga soladigan, buxgalteriya hisobi yuritish o’rnatilgan tartibining bajarilishi ustidan nazorat tizimini yaratish va ichki nazorat tizimining faoliyat yuritishining mustahkamlaydigan tizimdir. Ichki audit deb korxonaning kuzatuv kengashiga bo’ysunadigan, ularni doimo axborot bilan ta’minlab turadigan, moliyaviy hisobotlar ustidan doimiy nazorat olib boradigan, korxonaning boshqarishda qabul qilinadigan iqtisodiy qarorlar chiqarishda o’z hissasini