ularga shart sharoit yaratib beradi. Xususan, mamlakatimizda qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.09.2006 y. N PQ-475 son «Qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq 2007 yilning 1 yanvaridan boshlab aktivlarining balans qiymati 1 mlrd. so’mdan ko’proq bo’lgan korxonalarda kuzatuvchi kengashlar tomonidan tayinlanadigan va ularga hisobot beradigan ichki audit xizmatlari tashkil etildi. Bu esa o’z navbatida yirik korxonalar va aktsiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy xo’jalik faoliyatini, buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini o’z vaqtida va me’yoriy hujjatlar asosida yuritilishida, ichki nazoratni kuchayishiga, korxonaning bankrotlik holatidan qutqarishga xizmat qiladi. Korxonalarda ichki audit xizmatini tashkil etish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 216 sonli Qaroriga 2-ilova “Korxonalarda ichki audit xizmati to’g’risidagi Nizom” ishlab chiqilgan bo’lib, unda umumiy qoidalar, ichki audit xizmatining asosiy vazifalari va funktsiyalari, ichki audit xizmatining huquq va majburiyatlari, ichki audit xizmatiga qo’yiladigan talablar, ichki audit xizmatining mustaqilligi va uni o’tkazish natijalari bo’yicha yig’ma hisobot tuzishga qo’yiladigan talablar, ichki audit xizmatining javobgarligi belgilab qo’yilgan. Unga ko’ra; Ichki audit deb korxona boshqaruvining ijro etuvchi organi va tarkibiy bo’linmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga; ta’sis hujjatlariga va ichki hujjatlariga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yo’li bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma’lumotlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks