qilishdir. Tashkilot boshqaruvining kompleks auditi – korporativ boshqaruv tamoyillariga asoslangan holda korxonaning nafaqat moliyaviy xo’jalik faoliyatini balki boshqaruv faoliyatini, ichki nazoratning mukammal tashkil etilishini va albatta korxonaning buxgalteriya hisobiga oid barcha boshlang’ich hujjatlari, aktivlar va majburiyatlar yuzasidan to’liq inventarizatsiya o’tkazishni nazarda tutadi. Faoliyat turlari auditi aktsiyadorlik jamiyatlari hamda holding kompaniyalarini bir nechta faoliyat turlari ham mavjud, ya’ni ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hamda savdo sotiq kabilardir. Ichki auditorlar ushbu faoliyat turlariga muvofiq o’z reja va dasturlarini ishlab chiqishlari lozim. Muvofiqlilik bo’yicha audit korxona faoliyati, shu faoliyatga doir ma’lumotlar mavjud qonun hujjatlarga qanchalik mos kelayotganligini yoki shu qonun hujjatlar buzilgan hollarni aniqlashga qaratilgan tekshiruv. Muvofiqlik auditiga misol tariqasida daromad solig’ini to’lash jarayonini keltirish mumkin. Ushbu jarayonda, daromad solig’ini to’lash vaqtida Soliq kodeksidan chetga chiqigan hollar bo’lgan yoki bo’lmaganligi tekshiriladi. Ichki auditorlar o’z ish faoliyati jarayonida nafaqat kuzatuv kengashi qarorlari bilan balki qonunlar, qarorlar, farmonlar kabi me’yoriy huquqiy hujjatlar bilan bevosita tanishib, ularni o’rganib borishi, kerak bo’lsa rahbariyatlarni hamda kuzatuv kengashini ular bilan amalda ta’minlab borishi kerak. Chunki korxonaning rivojlanish pog’onalari ko’p jihatdan ichki auditorlarga bog’liq bo’lishishi kerak. 16.2. O’zbekiston Respublikasida ichki auditni tartibga solish
O’zbekiston Respublikasida davlatning tashabbusi bilan qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish va davlat korxonalarida korporativ boshqarish samarasini oshirish maqsadida