Toshkent moliya instituti bank ishi fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi


Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish bosqichlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə3/4
tarix16.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#98954
1   2   3   4
kurs ishi

2.Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish bosqichlari.
O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati – uni maxsus dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat. 1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini o’z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko’rsatish korxonalarini hamda qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi (2-rasm).

2-rasm.

O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari,



Yengil, mahalliy sanoatga, trans’ort va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o’rta va yirik korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko’proq ijara korxonalariga, jamoa korxonalariga, yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Aktsiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi. Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat iqtisodiy jihatdan samarasiz bo’lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rolg’ o’ynaydigan ayrim sektorlarni, ayrim korxonalarni saqlab turishni va mablag’ bilan tahminlash vazifalarini o’z zimmasiga oldi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo’lgan muassasalar tizimi vujudga keltirildi. Savdo, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiy va jamoa mulki qilib berildi.
Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995 yillarga to’g’ri keldi. Bu bosqichda ko’’lab o’rta va yirik korxonalar aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning aksiyalari Respublika qimmatli qog’ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki aktsiyadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalarini tashkil qilish jadallashtirildi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning bu bosqichida ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko’chmas mulk va qimmatli qog’ozlar bozorining yangi muassasalari bar’o etildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo’sh turgan mablag’larini o’ziga jalb qilib, ularning bozorga tazyiqini ‘asaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablag’larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu yerda shuni tahkidlash lozimki, xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo’lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo’li emas. Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil koo’erativlar, shirkatlar, mashuliyati cheklangan jamiyatlar ko’rinishidagi kichik va o’rta korxonalarni tashkil qilish – ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi.
Respublika iqtisodiyoti 1996-yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga kirdi. Bu bosqich davrida (1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan obhektlar ro’yxatiga kirmagan barcha obhekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi. Natijada 1997-yilda savdo-sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish mahsulotlarining 95 foizdan ortiqrog’i davlatga qarashli bo’lmagan sektorga to’g’ri keldi. Uy joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo’lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog’i fuqarolarning shaxsiy mulki bo’lib qoldi.
Xususiylashtirish jarayonlarining to’rtinchi bosqichi (1998-2003 yillar) ning asosiy vazifalari sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag’larni yo’naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilikning yangi munosabatlarini to’laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish belgilandi. Mamlakatimizdagi davlat korxonalarini xususiylashtirishning 1995-2003 yillardagi asosiy natijalarini 1-jadval orqali kuzatish mumkin.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi mahlumotlari.
Tahlil qilinayotgan davr mobaynida 17836 ta davlat ob’ekti xususiylashtirilib, ular asosida 16852 ta nodavlat mulkidagi korxonalar tashkil etilgan. Jumladan, ushbu korxonalarning 3667 tasi (21,8%) aksiyadorlik jamiyatlari, 10138 tasi (60,2%) xususiy korxonalar, 3047 tasi (18,1%) boshqa shakldagi korxonalardan iborat. Bu davrda xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar hajmi 167,3 mlrd. so’mni tashkil etgan.
O’zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining hozirgi – beshinchi bosqichi O’zbekiston Respublikasi ‘rezidentining 2003 yil 24 yanvardagi «O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni bilan bog’liq. Mazkur Farmon asosida iqtisodiy nochor korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan obhektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang’ich narxlarini sekin-asta ‘asaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va ‘ast likvidli obhektlarni nolg’ darajadagi xarid qiymati bo’yicha tanlov asosida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi.
Respublikada xususiylashtirishning manzilli yo’naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning manzilli yo’naltirilganligi uy-joylarning o’z egalariga imtiyozli yoki be’ul berilishida, aholining ko’’roq muhtoj va zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning turli xil dasturlari byudjet mablag’lari hisobiga qo’lanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi xo’jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi.
O’zbekistonda xususiylashtirishning to’lovliligi uning navbatdagi muhim xususiyatidir. Pulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob’ektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog’liq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari paydo bo’ladi, bozor infratuzilmasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini ro’yobga chiqarish uchun mablag’lar jamlanadi. Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo’li orqali ularni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablag’lar shu korxonaning o’zini qo’llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi.

Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida xususiy mulk va uning asosida rivojlanayotgan xususiy tadbirkorlikka keng ehtibor berilmoqda. Birinchi prezidentimiz Sh. Mirziyoev tahkidlaganidek, “jiddiy va kundalik ehtiborini talab qiladigan yana bir muhim yo’nalish bor. Bu – xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va ularning tahsirchan himoyasini tahminlashdir.”26.


Qishloq xo’jaligi, qurilish, savdo, xizmat ko’rsatish sohasi singari tarmoqlar, uy-joy fondi to’liq xususiy mulk egalari tasarrufiga o’tkazildi. Istehmol tovarlari ishlab chiqaradigan, oziq-ovqat, tikuvchilik mahsulotlari, to’qimachilik, charm-’oyabzal, mebel va farmatsevtika sanoati tarmoqlarida davlatning ulushi anchaga kamaytirildi.
Respublikamizda xususiylashtirish bo’yicha qo’yilgan vazifa – davlat sektori bozor iqtisodiyoti sharoitida ham sezilarli rolg’ o’ynashini inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning davlat korxonalari mahlum darajada saqlanib qolishi kerak bo’lgan sohalar ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga moslashuviga imkon beradigan xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin