Tuzuvchilar: I.K.Ochilov, R.R.Obidov, M.I.Hayitboev 5230900 – “Buxgalteriya
hisobi va audit” (tarmoqlar bo’yicha) bakalavriat yo’nalishi (4 kurs 2 oliy ta’lim
talabalari) uchun bitiruv ishi oldi malakaviy amaliyot hisobotini yozish bo’yicha
uslubiy qo’llanma. - Toshkent, 2023.
Taqrizchilar:
K.R.Xotamov. Fiskal instituti “Buxgalteriya va Iqtisod” fakulteti
dekani, professor, i.f.d. (turdosh OTM);
B.Q.Hamdamov.
TMI,
“Buxgalteriya hisobi” kafedrasi
professori, i.f.d.
A.Z.Avloqulov. TMI, “Audit” kafedrasi professori, i.f.d.
Mazkur uslubiy qo’llanma “Buxgalteriya hisobi va audit” (tarmoqlar bo’yicha)
bakalavriat yo’nalishi (4 kurs 2 oliy ta’lim talabalari) uchun talabalar tomonidan
bitiruv ishi oldi malakaviy amaliyot hisobotini tayyorlash va himoya qilish jarayonida
uslubiy jihatdan yordam beradi. Davlat ta’lim standartlarida bakalavriat yo’nalishi
talabalari ta’lim yo’nalishi bo’yicha talab etilgan bilimlarga ega bo’lish va kasbiy
vazifani bajarishni nazariy o’rganish maqsadida malakaviy amaliyot o’tashlari va
hisobot yozishi belgilangan. Uslubiy ko’rsatmada amaliyot obyekti bilan tanishish,
hisobotni yozish, rasmiylashtirish, himoya qilish jarayonlari batafsil bayon etilgan.