Buyurtmalarga ishlov berish.Mijozdan buyurtma olib, buyurtmalar bo‘limi to‘lov xujjatlarini tayyorlaydi va ularni firmaning turli bo‘limlariga tarqatadi. Mavjud bo‘lmagan mahsulotlar qarzga yoziladi. Yuklangan (tushirilgan) buyumlar yuklarni tushurilganlik to‘lov hujjatlari bilan kuzatiladi. Bu hujjatlarning nusxasi firmaning turli bo‘limlariga yuboriladi. Kompyuterlashtirish “buyurtma – yuklash – (tushirish) – hisobni rasmiylashtirish” siklini tezlashtiradi.
Omborga joylashtirish. Ishlab chiqaruvchining sikli va iste’mol bir biri bilan kamdan kam mos tushadi va tovarlarni saqlashga to‘g‘ri keladi. Shaxobchalarning soni haqidagi qarorlarni, iste’molchilar uchun servis darajalari va taqsimlash bo‘yicha xarajatlar muomalalarini o‘zaro bog‘lab, qabul qilish kerak. Firma xususiy omborlariga ega bo‘ladi yoki umumiy foydalanish omborlaridan ijaraga joy olishi mumkin. Zamonaviy omborlar yuklarni qayta ishlashning mukammal tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, markaziy EHM nazorati ostida ishlaydi. Bunday omborlarda ishlab chiqarish jarohatlari, ish kuchiga haq to‘lash xarajatlari, tovarlarni talon–taroj qilish va ishdan chiqarish holatlari kam, zaxiralarni boshqarish tizimi ancha mukammallashgan.
Tovar–moddiy zaxiralar. Tovar–moddiy zaxiralar darajasi haqidagi qarorlar – xaridorlar talablarini qondirishga ta’sir etuvchi tovarlar harakati sohasidagi yana bitta qaror. Bozor ishtirokchisi firma mijozlarining hamma buyurtmalarini bajarish uchun yetarli tovar zaxiralariga ega bo‘lishni xohlaydi. Biroq firma uchun bunchalik ko‘p zaxirani saqlash rentabelli emas. Mijozlar uchun servis darajasini oshirish davomida tovar–moddiy zaxiralarini saqlash xarajatlari jiddiy o‘sadi. Rahbariyat, tovar zaxiralarini ortishini oqlash uchun savdo va daromadlar yetarlicha o‘sish – o‘smasligini bilishi kerak bo‘ladi. Faqat shundan keyin qo‘shimcha partiya tovarlarni qanchalik darajada buyurtma qilish masalasi hal qilinishi mumkin bo‘ladi. Masalan, “Toyota” firmasi mahsulotlari tannarxini pasaytirish omillaridan biri butun dunyoga mashhur “jit” (just in time - aniq o‘z vaqtida) tizimini qo‘llashdir. Bu ishlab chiqarishning ombordan foydalanmaydigan, uncha katta partiyalarda bo‘lmagan “kanban” signali bo‘yicha tizimi. “Jit” –bu komplektlovchi mahsulotlar omborlarini bartaraf qilish uchun kurash va ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchilar tomonidan ideal darajada qo‘yilgan ta’minot. “Toyota” omborining “chidamlilik zaxirasi” o‘rtacha 2-3 soat, tarmoqlar qatoriga ko‘ra sal yuqoriroq– maksimum 0,5 kun. Tartibsiz omborga joylashtirish va istagancha saqlab turish, bu tashlab yuborilgan pullar, vaqt va oqilona foydalanilmagan maydon. “Toyota”ning prinsipi ana shunday.