Marketing tizimi — korxona bilan uning hamkorlari va tovarlari (xizmatlari) sotiladigan bozordagi subyektlarni o‘zaro bog‘lab turuvchi eng muhim munosabatlari va axborot oqimlari kompleksi. Marketing tizimiga ta’minotchilar, vositachilar, sotuvchilar, iste’molchilar, raqobatchilar va korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan boshqa bozor subyektlari kiradi.
Maqsadli marketing — bozor segmentlarini chegaralash, chegaralangan segmentlardan bir yoki bir nechtasini tanlab olish va har bir tanlab olingan segment uchun alohida-alohida tovarlar marketingi kompleksini ishlab chiqish jarayoni.12
Mahsulot nufuzi / mahsulot imiji (ingl. product image) — bozorda tovar yoki xizmat qanday qabul qilinishini aniqlovchi fikrlash jarayoni.
Mahsulot sotish direktori / marchandayzing direktori(marchandising direktor) — ishlab chiqaruvchi, chakana, ulgurji savdo, diler, distribyutor tomonidan mahsulot sotishga yo‘naltirilgan marketing faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan shaxs.
Narx; baho (ingl. price) — tovar yoki xizmat qiymatining pulda ifodalanishi.
Narx siyosati — tashkilotlar tomonidan talab va taklif munosabatlarining o‘zgarishiga tezlik bilan narx reaksiyasi amaliyotini qo‘llash.
Netto-og‘irlik — qadoqdangan mahsulotning qadoqbop material og‘irligi hisobga olinmagan og‘irligi; sof og‘irlik. antonimi: «bruttoog‘irlik».
Oligopsoniya — xaridorlar yoki iste’molchilar kam miqdorda mavjud bo‘ladigan bozor yoki iqtisodiy holat.
Ommaviy bozor— ommaviy axborot vositalaridan foydalanish va ana shu jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar o‘zini oqlashiga imkon beruvchi yetarlicha katta va hatto ulkan tovarlar va xizmatlar bozori.
Public relations — jamoatchilik, matbuot, saylab quyiladigan organlar va jamoatchilik tashkilotlari bilan aloqalar tizimi bo‘lib, reklamadan farqli ravishda asosan notijorat asosda yuritiladi.
Pablisiti — tijorat asosidagi xayriya xabarlari, taqdimotlar yoki tovarlar, xizmatlar, firmalar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali beriladigan materiallar.