9.6-rasm.Yangi tovarni yaratishning asosiy bosqichlari
1. G‘oyalarni shakllantirish. Yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish avvalo, yangilik uchun g‘oyalarni izlab topishdan boshlanadi. Izlanishlar tizimli, muntazam firma yo‘nalishiga mos ravishda olib borilishi shart. Bundan tashqari izlanishlar olib borilishi kerak. Firma o‘nlab ajoyib g‘oyalarni topishi mumkin, ularning ko‘pchiligi firma faoliyatiga mos kelmasligi tufayli qog‘ozlarda qolib ketadi. Firma rahbariyati yangi turdagi tovar ishlab chiqarishninig aniq strategiyasiga ega bo‘lishlari lozim. Rahbariyat yangi turdagi tovar ishlab chiqarishdan maqsadi nima ekanligini aniq ifodalab berishi kerak. Yangi tovar pul tushumlarini oshirish yoki bozorda katta mavqega ega bo‘lish uchun va yana boshqa maqsadlarda yaratilgan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari rahbariyat mavjud tovarlarni takomillashtirish orqali yangi tovar yaratish yoki original tovar ishlab chiqarish borasida firma imkoniyatlarini taqsimlay bilishi kerak.
Yangi mahsulotning bozordagi taqdiri iste’molchining bu mahsulotni qabul qilishga tayyor va tayyor emasligiga ham bog‘liq.
Yangi mahsulotni qabul qilish – mushohada qilish jarayoni bo‘lib, bu jarayon yangi mahsulot to‘g‘risida birinchi axborotga ega bo‘lishdan boshlab, toki mahsulotning doimiy iste’molchisiga aylangungacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi.
Iste’molchilar yangi mahsulotni sinab ko‘rishga tayyorlik darajasiga qarab ham bir-biridan keskin farq qiladi. Ba’zilari yangi mahsulotni tezda qabul qilishsa, ba’zilari esa sekinlik bilan qabul qiladi. Iste’molchilar yangilikni qanday qabul qilishga tayyor ekanligi darajasiga qarab ularni super novator, novator, oddiy iste’molchilar, konservator, super konservator guruhlariga ajratiladi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, yangi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar birinchi navbatda, supernovator va novatorlarning iqtisodiy, psixologik, demografik va boshqa tavsiflarini o‘rganishlari kerak.
Iste’molchilar yangi turdagi tovar ishlab chiqarishdagi g‘oyalarni topishda ajoyib manba bo‘lib xizmat qiladi. Ularning talab va ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida mijozlarni anketali so‘roq qilish, kelayotgan xat va shikoyatlarni o‘rganish orqali ham aniqlash mumkin. Yangilik bo‘lgan g‘oyalar manbayi, albatta olimlar mahsuloti, ularning fikr-mulohazalaridir. Olimlar mavjud tovarni mukammallashtirish, takommillashgan variantlarini ishlab chiqish yoki original tovarlarni ishlab chiqarish uchun zarur yangi materiallarni kashf etish imkoniyatiga, potensialiga egadirlar. Bundan tashqari raqobatchi firmaning xaridor e’tiborini jalb etgan tovarlari xususiyatlarini ham o‘rganish kerak. Yangi tovarlar yaratish borasida g‘oyalarni savdo xodimlari, firma dilerlaridan olish mumkin. Chunki ular xaridorlar bilan kunda muloqotda bo‘lib, ularning fikr-mulohazalari bilan yaxshi tanish bo‘ladilar.
2. G‘oyalarni tanlash. Avvalgi bosqich, ya’ni g‘oyalarni shakllantirish bosqichida iloji boricha ko‘proq g‘oyalar jamlanadi. Keyingi g‘oyalarni tanlash bosqichida esa ularning miqdori kamaytiriladi. Bu maqsad yo‘lida birinchi qadam g‘oyalarni tanlashdir. Tanlovning maqsadi keraksiz g‘oyalarni iloji boricha oldindan aniqlab, ulardan voz kechishdir. Ko‘pgina firmalarda mutaxassislar yangi turdagi tovar g‘oyasini standart blankalarda bayon etib, yangi tovarlar bo‘yicha komissiyaga ko‘rib chiqish uchun topshirishlari kerak. Bunday hujjatda tovarning bayoni, shu tovar bozori, raqobatchilar haqida ma’lumot, bozorda aynan shu tovarga bo‘lgan ehtiyoj hajmining taxminiy hisobkitoblari, tovar narxi, shu tovarni yaratish uchun ketadigan vaqt va sarfxarajatlar, shu mahsulotni ishlab chiqarish hujjati va olinadigan foyda miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. G‘oya juda ajoyib bo‘lgan taqdirda ham uni amalga oshirish firma faoliyatiga mos kelishi, uning yo‘nalishi, maqsadi resurslariga xos bo‘lishi zarur, aks holda ushbu g‘oya firma uchun zararga aylanishi mumkin. Shuning uchun ham ko‘plab firmalar g‘oyalarni baholash va tanlashning maxsus tizimlarini ishlab chiqadilar.
− Tovar loyihasini yaratish va uni tekshirish.
− Marketing strategiyasini ishlab chiqish.
− Tovar ishlab chiqarish va sotish imkoniyatlarini tahlil etish.
Firma rahbariyati tovar loyihasi va marketing strategiyasini ko‘rib chiqib, loyihaning qay darajada samaradorligini aniqlashi kerak. Buning uchun rejadagi sotish miqdori, ko‘riladigan foyda va zararning ko‘rsatkichlarini tahlil qilish lozim. Agar tahlilning natijalari qoniqarli bo‘lsa, tovarni loyihadan to‘g‘ridan to‘g‘ri real tovarga aylantirish jarayoni boshlanadi.
3.Yangi tovar namunasini yaratish. Agar tovar loyihasi tahlil bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tsa, keyingi ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari (ITTKI) bosqichida u real tovarga aylanadi. Shu vaqtgacha tovar qog‘ozda, rasmlarda, maketlardagina edi. Bu bosqichda loyihadagi tovarni haqiqatdan ham amalga oshirish mumkinmi, yo‘qmi, uni ro‘yobga chiqarish texnik, kommersiya nuqtayi nazaridan maqsadga muvofiqmi, yo‘qmi, degan savolga javob olinadi. Bu jarayon «Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash», deb ataladi va ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik (buyumlarni loyihalashtirish) va texnologik bosqichlardan iborat bo‘ladi. O‘z navbatida, texnik tayyorlash buyumlarning hayotiylik davrini bir qismini o‘z ichiga oladi. Bular: buyumlarni ilmiy-texnik jihatdan tayyorlash, ularni ishlab chiqarish va foydalanish.
Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlash yangi mahsulot xillarini loyihalashtirish, o‘zlashtirish va ishlab chiqarilayotganlarini takomillashtirib borishdan iborat. U quyidagi bosqichlarda olib beriladi:
− Texnik topshirish.
− Texnik takliflar.
− Eskiz loyihasini tuzish.
− Texnik loyihani tuzish.
− Ishchi loyihani aniqlash.
Yangi xildagi mahsulotlarni yaratish haqidagi batafsil bilimlarni «Ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish» fan sohalaridan olish mumkin. Buning uchun maxsus adabiyotlarga murojaat qilish zarur.
Tadqiqotlar va izlanishlar (ITTKI) bo‘limida tovarni loyihalashtirish ishlari bir yoki bir necha tajriba namunalarini tayyorlash va texnik hujjatlarni buyurtmachiga topshirish bilan tugallanadi. Bu namunalar ushbu talablarga javob berishi kerak:
− Iste’molchilar reklamada e’lon qilingan barcha xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan tovar sifatida qabul qilishlari kerak.
− U xavfsiz bo‘lib, mo‘tadil sharoitlarda ishonchli ishlashi kerak.
− Uning tannarxi rejalashtirilgan smetadan oshib ketmasligini ta’minlash lozim.
Loyihadagi tovar namunasini yaratish uchun kunlar, haftalar, oylar, hatto yillar o‘tishi mumkin. Yaratilgan namuna barcha zarur xususiyatlarni o‘zida namoyon etishi kerak. Namunalar tayyor bo‘lgandan keyin ular sinaladi. Sinovlar laboratoriya, tabiiy sharoitlarda o‘tkaziladi.
Bozor sharoitida sinov. Tovar laboratoriya sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tsa, iste’molchilarning ijobiy fikrlarini olsa, firma uni bozor sharoitida sinash uchun kichik partiyada sotuvga chiqaradi. Bu bosqichda tovar va o‘tkazilayotgan marketing strategiyasi bozor sharoitlarida sinaladi, bunda xaridor va dilerlarning talablari, istaklari o‘rganiladi. Shu orqali bozorda ushbu tovarga bo‘lgan ehtiyoj hajmi aniqlanadi. Tovarning turiga qarab bozor sharoitidagi sinovlar ham turlicha bo‘ladi.
Tijorat maqsadida keng miqyosda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. Bozor sharoitidagi sinovlar natijasida olingan ma’lumotlar firma rahbariyatiga shu turdagi tovarni ishlab chiqarish yoki chiqarmaslik to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishga yordam beradi. Firma yangi turdagi tovar bilan bozorga qachon, qayerga chiqishi, tovarni kimga va qanday taklif etishi kerak, degan savollarga javob topishi kerak bo‘ladi.
Firma har bir yangi turdagi tovar, har bir yangi bozor, hudud uchun alohida marketing rejasini tuzishi kerak.
Turli tashkilot va muassasalar yangi turdagi tovar va xizmatlarni tashkil etish zaruriyatini borgan sari ko‘proq tushunmoqdalar. Hozirgi kunda mavjud tovarlarning umri qisqarmoqda, ularning o‘rnini yangi turdagi mahsulotlar bilan to‘ldirish ehtiyoji tug‘ilmoqda.
Ammo yangi tovar muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin. Yangilik bilan bog‘liq tavakkalchilik xavfi bo‘lsa-da, shu barobarida katta foyda keltirishi ham mumkin. Yangiliklar yaratish borasida muvaffaqiyatga erishishning asosi: yangi tovarlar g‘oyasini shakllantirish, jiddiy tadqiqotlar o‘tkazish, yangi tovarni ro‘yobga chiqarish bosqichlarida to‘g‘ri qarorlar qabul qilish kabilarga bog‘liq. Yangi tovarni yaratish jarayonida firma o‘z maqsadiga muvofiq bo‘lmagan g‘oyalarni o‘z vaqtida tark etishi lozim. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida raqobat borgan sari kuchayib bormoqda. Ushbu sharoitda, ya’ni raqobatchilarni yengish, foyda olish uchun doimo yangi turdagi tovarlar ishlab chiqish orqaligina iste’molchilarning talablarini qondirish mumkin. Shuning uchun ham marketingning eng muhim masalalaridan biri yangi turdagi tovar ishlab chiqish strategiyasi puxta o‘rganish, izchillik bilan amalga oshirishni taqozo etadi.
8.Tovarlarni ishlab chiqarishdan bozorga olib chiqish.
Moddiy ne’matlarni iste’mol qilish va xizmatlardan foydalanish aholi turmush darajasini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich aholining moddiy ne’matlar, to‘lovli va to‘lovsiz xizmatlar iste’molini o‘z ichiga oladi. Uni bilish va hisoblash aholining iste’mol fondi, ijtimoiy iste’mol fondlaridan to‘lovlar va imtiyozlar, pullik xizmat to‘lovlari va boshqa ko‘rsatkichlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlaydi. Aholining iste’mol fondi ko‘rsatkichiga nisbatan ular aholi shaxsiy iste’molini qondirilishi haqida to‘liq ma’lumot beradi.
Dostları ilə paylaş: |