1 IHTTga a’zo mamlakatlari tomonidan raqamli iqtisodiyot rivojlanishi darajasini o’lchash uchun quyidagi yo‘nalishlarni tavsiflaydigan indikatorlar tizimi ishlab chiqilgan:
iqtisodiyotning yuqori texnologiyali sektorini rivojlantirish, qayta ishlash sanoati mahsuloti va hizmatlardagi salmog‘i;
ilmiy ishlanmalarga, dasturiy ta'minot ishlab chiqishga investitsiyalar, ta'lim va qo‘shimcha qayta tayyorlash harajatlari;
axborot-kommunikatsiya uskunalari ishlab chiqish va ishlab chiqarish, fan va yuqori texnologiyalar sohasida ish o‘rinlari yaratish, korporatsiyalar, venchurli firmalar, universitetlar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari o‘rtasida kooperatsiya ko‘rsatkichlari;
xalqaro savdoda yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushi.
Raqamli iqtisodiyot indikatorlari, ularning xususiyatlari.
1 Iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyotiga o‘sib borayotgan ma'lumotlar oqimlari ta'sirining universalligi ular haqida zamonaviy jamiyatning iqtisodiy o‘sishi yetakchi resursi sifatida gapirishga imkon beradi. Ekspertlar ushbu vaziyatni uni rivojlantirish muammolarini hal qilishga yangicha yondashuvlar izlash zaruratini ko‘rsatib, iqtisodiy munosabatlardagi o‘zgarishlar va raqamli iqtisodiyot shakllanishi bilan tavsiflaydi. Raqamli iqtisodiyotni tahlil qilishning turli tadqiqotchilar tomonidan u yoki bu darajada ko‘rib chiqiladigan to‘rtta mezonini ajratib ko‘rsatish mumkin:
bandlik sohasi bilan bog‘liq mezon;
makonga oid mezon;
texnologik mezon;
iqtisodiy mezon.
1 2 3 4
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish ko‘rsatkichlari.
2 Raqamli iqtisodiyotning jamiyat taraqqiyotiga ta'sirini baholash nuqtai-nazaridan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) hisobotlari alohida qiziqish uyg‘otadi. 2008 yil ushbu tashkilot doirasida Seul shahrida (Janubiy Koreya) internet iqtisodiyotining kelajagi haqidagi Deklaratsiya qabul qilingan. Ushbu deklaratsiya doirasida, quyidagi jadvalda ko‘rsatilganidek, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun eng muhim bo‘lgan yettita mavzu muhokama qilingan.
Yuqori tezlikli tarmoqlar rivojlanishi, jumladan,mavjud tarmoqlarga ulanishni kengaytirish; raqobat uchun sharoitlarni rivojlantirish; konvergensiyani ta'minlash; IPv6 protokolini moslashtirish; radiochastota spektridan foydalanish; baholash tizimini takomillashtirish
1 Internet iqtisodiyotning asosi sifatida yuqori tezlikdagi infratuzilmadan foydalangan holda internetga ulanish