9.4. Yangiliklarni yaratish va tatbiq etishni boshqarish
Jahon tajribasi shuni ko‗rsatmoqdaki, har tomonlama rivojlangan innovatsion
tizimga ega mamlakatlardagina innovatsiya jarayonlari samarali amalga oshirilib,
texnologiyalar va boshqa ilmtalab mahsulotlar tijoratlashtirilmoqda. Bu jarayonda
davlatning ishtiroki, iqtisodiyotning real sektori va yetakchi kompaniyalarning
innovatsiya faoliyatini qo‗llab-quvvatlashi muhim ahamiyatga egadir. Zero, ilm-
fan davlatning texnik taraqqiyoti va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini
ta‘minlaydigan ushbu integratsiya mexanizmining asosini tashkil qiladi.
149
AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa qator rivojlangan mamlakatlarda
kichik va o‗rta biznes innovatsiyalarga moyilligi bilan ajralib turishini ko‗rish
mumkin. O‗tgan asrning 90-yillarida ushbu mamlakatlarda minglab ana shunday
kompaniyalar tashkil etildi. Ularning aksariyati bugungi kunda jahon ishlab
149
Maria Laura Parisi Fabio Schiantarelli Alessandro Sembenelli Productivity, Innovation Creation and Absorption,
and R&D: Micro Evidence for Italy. 2002- p.2.
243
chiqarishida yetakchi firmalarga aylandi (―Samsung‖, ―Microsoft‖, ―Pfizer‖,
―Hitachi‖ va boshqalar). Bu, o‗z navbatida, millionlab yangi ish o‗rinlari tashkil
etish imkoniyatini yaratdi va sanoat hamda iqtisodiyotni rivojlantirishga kuchli
turtki berdi.
Yangi texnikani yaratishdagi ijodiy ilmiy jarayon umumiy ko‘rinishda
yiriklashtirilgan holda quyidagi qadamlar bilan tavsiflanishi mumkin:
1.Maqsadni, unga erishish ehtiyojini anglash, ilmiy-texnikaviy vazifani
ta‘riflash va uning qo‘yilishi haqqoniy ekanligini tekshirish.
2.Tadqiqotlar va ishlanmalarning rejalashtirilishida ishtirok etish.
3.Qo‘yilgan maqsadga erishishning mavjud bo‘lgan, rad qilingan, amalga
oshmay qolgan yoki mumkin bo‘lgan usullari haqida, vazifani hal qilish yo‘llarini
tanlashga qo‘yilgan talablar tarkibi haqida, ularni hal qilish bo‘yicha o‘tmishdagi
g‘oyalar haqida ma‘lumotlarni to‘plash.
4.Vazifani ijobiy hal etilishining mumkin bo‘lgan barcha yo‘l va usullarini
tahlil qilish - yangi g‘oyalarni birlamchi generatsiyalash.
5.Axborot manbalarida aniqlangan, u yoki bu usulda ishlab chiqilgan
vazifalarni hal qilish uchun «g‘oyalar portfeli» ni shakllantirish.
6.Jamg‘arilgan yoki sun‘iy ravishda olingan, modellashtirilgan va
shakllantirilgan ilmiy-texnikaviy axborotlarni fikran qayta ishlash.
7.O‘rganilgan ilmiy-texnikaviy axborotni tushunib etish natijasida vazifaning
hal
qilinishini
ta‘minlovchi
yangi g‘oyalarning ―fermentatsiyalashuvi‖,
―kristallanishi‖; tahlil qilinmagan va tayyorgarlik ko‘rilmagan g‘oyalarning paydo
bo‘lishi, ya‘ni yangi g‘oyalarni ikkilamchi generatsiyalash.
8.Ishlab chiqarilayotgan texnika namunasi yoki uning elementlarining
ishlashtamoyillari, umumiy komponovkasi va alohida sxemalari bo‘yicha qaror
qabul qilish.
9.Texnika namunasining umumiy ko‘rinishi, alohida funksional qismlari va
yetakchi
detallarini
komponovkalash
sxemasini
ishlab
chiqish
yoki
yiriklashtirilgan modelini tuzish.
244
10.Qabul qilingan qarorlarni modellarda, maketlarda, mahsulotning yoki
uning ayrim qismlarining eksperimental yoki tajribaviy namunalarida, texnologik
loyihalarda ro‘yobga chiqarish.
11.Qabul qilingan qarorlarni modellar, maketlar, eksperimental namunalar
yoki ularning ayrim qismlarini sinovdan o‘tkazishda, tadqiq etish va tahlil qilish
jarayonida tekshirish.
12.Olingan sinash natijalariga statistik yoki matematik uslublardan
foydalangan holda «qo‘lda» yoki EHM yordamida ishlov berish.
13.Qabul qilingan ilmiy va texnikaviy qarorlarning sifatini va samaradorligini
baholash hamda texnik shartlarni loyihalashtirish uchun texnik topshiriqni tuzish.
14.ITIning bajarilishi, chiqarilga xulosalar va erishilgan natijalar to‘g‘risida
ilmiy hisobotni tuzish.
15.Seriyali mahsulotlarni loyihalashga texnik topshiriqni, ularga qo‘yiladigan
texnikaviy talablarni,loyihalashtirishga texnik shartlarni ishlab chiqish.
16.Ixtirolarga talabnomalarni va ilmiy maqolalarni tayyorlash.
17.So‘nggi ikki qadam ITI ni joriy etish bilan bog‘liq bo‘lib, 16-chi qadam
esa boshqalari bilan bir vaqtda bajarilishi mumkin. ITI uchun xos bo‘lgan qadam
va operatsiyalar xuddi shu tarzda texnikaning aniq yo‘nalishlariga va ishlab
chiqarish bosqichlariga qo‘llangan holda o‘rnatish mumkin. Ishlarni bajarishning
to‘g‘ri tuzilgan texnologiyasisiz ITTKIdan yuksak natijalar olish mumkin emas.
Ijodiy g‘oyalar u yoki bu vazifani bajarish, maqsadga yo‘naltirilgan qidirish
zaruratini anglash natijasida paydo bo‘ladi. Izchil tartiblangan jarayongina yangi
g‘oyalarning yuzaga kelishini, injenerlik vazifasining hal qilinishini va
innovatsiyalarning yaratilishini ta‘minlaydi. Yaratilayotgan texnikaning va
konstruktorlik ishlarini tashkil qilishning saviyasi ITTKI ni o‘tkazish
texnologiyasiga bog‘liq.
Xalq xo‘jaligida ITTKIning joriy qilinishini tashkiliy texnik tadbirlarni, qabul
qilingan texnik-iqtisodiy qarorlarni qamrab oladigan, ITTKI natijalaridan
foydalanishga qaratilgan jarayon deb hisoblash mumkin. Joriy etish ushbu
natijalarni amaldagi texnika, texnologiya, boshqaruv tizimlarini samaradorligi
245
bilan almashtirish yoki siklning oldingi bosqichlarida olingan natijalaridan
foydalanishning boshlanishi hamdir. Mazkur jarayon qiyinchiliklar bilan, hattoki
ITTKI natijalaridan, ixtiro va ratsionalizatorlik takliflaridan foydalanayotgan IK
tomonidan qarshi qo‘yilgan xatti-harakatlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, shuning
uchun «joriy etish» atamasi ishning mohiyatini yetarli darajada aniq ifodalaydi.
ITTKI natijalarini joriy etish jarayonlariga FTTning zamonaviy tendensiyalari:
ilmiy-texnikaviy natijalar ma‘naviy eskirishining yuqori sur‘atlari; ITTKI
natijalariga erishish va ulardan foydalanish xarajatlarining doimiy ravishda ortib
borishi, ilmiy-texnikaviy natijalar noaniqligining va shunga bog‘liq holda
tahlikaning o‘sib borishi ta‘sir ko‘rsatadi. ITTKI natijalarining muvaffaqiyatli
tatbiq etilishi asosida qator tamoyillarga rioya qilish yotadi:
-ilmiy-texnikaviy bashoratlash, g‘oyalarni ishlab chiqish va innovatsiyalarni
ishlab chiqish uchun topshiriqlarni tayyorlash bosqichlarida joriy etishning
taxminiy konsepsiyalarini belgilash;
-innovatsiyalarning ular joriy etiladigan (foydalanadigan) obyekt bilan ishlab
chiqarish quvvatlari, resurslar, muddatlar va natijalar bo‘yicha integratsiyalashuvi
shart;
-ITTKI natijalarini texnik topshirqlarni shakllantirish bosqichlaridayoq
ro‘yobga chiqarishning imkoniyatlarini, miqyosi va shart-sharoitlarini aniqlash
uchun marketing tadqiqotlarini o‘tkazishning zarurligi;
-ishlab chiqaruvchi IK, buyurtma beruvchi IK va yuqori tashkilotlarning faol
manfaatdorligi hamda qo‘llab-quvvatlashlari; ularning innovatsiyalarni ishlab
chiqish va joriy etishdan iqtisodiy manfaatdorligi va javobgarligi;
-buyurtmachilardan va xalq xo‘jaligida yuksak samaradorlikka erishish
uchun ITTKI dan olingan natijalarning imkon qadar kengroq ommalashuvini
ta‘minlash.
Belgilangan parametrlarga ega bo‘lgan innovatsiyalarning belgilangan
muddatlarda muvaffaqiyatli joriy etilishi tatbiq etish jarayonining barcha
bosqichlarida yaxshi tashkil qilinishi orqali ta‘minlanadi. ITTKI natijalarining
joriy etilishini tashkillashtirishning asosiy vazifalari quyidagilardir:
246
-joriy etish jarayonlarining bashoratlar, majmuaviy dasturlar, istiqbolli va
joriy rejalar, operativ boshqaruv vositasida ta‘minlanishi;
-yangi texnika rejalarining moliyalashtirish, kapital qurilish, uskuna va
materiallarni yetkazib berish rejalari bilan balanslashtirilganligi;
-joriy etishning hal qilinayotgan vazifalarga eng yuqori darajada muvofiq
keladigan tashkiliy shakllarini tanlash;
-ishlab chiqarayotgan va ularning natijalaridan foydalanayotgan IK lar ishlab
chiqarish quvvatlarining ratsional nisbatlarda bo‘lishiga erishish;
-ilmiy, konstruktorlik, sinash va ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona, rejali
ravishda foydalanish;
-eksperimental uchastkalar, tajribaviy ishlab chiqarish va sinash bazalarining
ishini rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish;
-ishlab chiqish qatnashchilarining zamonaviy iqtisodiy munosabatlardan
foydalanishlari, tomonlarning majburiyatlarga rioya qilishlari;
-iste‘molchilarda joriy etish jarayonlarini kadrlar bilan ta‘minlash;
-foydalanish ko‘zda tutilgan sohalarda innovatsiyalarni keng reklama qilish;
-iste‘molchilarda yangi intellektual mahsulotlarga servis xizmatini ko‘rsatish
tarmoqlarini yaratish.
FTT da mashina, pribor, apparat, texnologik jarayonlar va boshqaruv
tizimlarini keskinmurakkablashib ketishi, ko‘p sonli ilmiy, injenerlik va ishlab
chiqarish jarayonlarining ishtiroki fan va ishlab chiqarishni biriktirishda
bosqichlarning sochilib ketganligiga barham berish, innovatsion jarayonning
keyingi bosqichlarida ITTKI g‘oyalari va natijalarini tezkorlik bilan joriy etilishi
(foydalanilishi) ni ta‘minlash imkonini beruvchi tashkiliy shakllarni izlab topishni
taqozo etmoqda. Integratsion jarayonlar rivojlanishida ishtirok etayotgan IK
xodimlaridan tarkib topgan, yuqorida tavsiflangan ilmiy-texnikaviy tuzilmalar
keng tarqalgan.
|