Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


Yaponiya va AQSh firmalari uchun ITTKI turlarining nisbiy



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə106/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

Yaponiya va AQSh firmalari uchun ITTKI turlarining nisbiy 
ahamiyati, %da.
146

1


ITTKI turi 
Yaponiya 
AQSh 
1
Yangi texnologiyalar sohasidagi fundamental
tadqiqotlar
15,9
8,4
2
Mavjud mahsulotlarni takomillashtirish va
modernizatsiyalash sohasidagi tadqiqotlar
26,6
35,9
3
Yangi mahsulotlarning o‘zlashtirilishi
33,9
29,9
4
Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish jarayonining
yangi usullarini o‘zlashtirish
23,9
26,1
Jami
100,0
100,0
Yirik kompaniyalarning oldida ITTKIni qo‘lga kiritishning turli muqobillari
vujudga keladi - ilmiy ishlab chiqarishlarning yuqori darajasiga ega kichik
firmalarni yutib yuborish hisobiga, firmalararo tadqiqotchilik va ishlab chiqarish
kooperatsiyasi hisobiga qo‘shma korxonalar tashkil qilish yo‘li bilan va hokazo.
Yirik korxonalar kichik innovatsion biznes ustidan nazorat o‘rnatish yoki
keyinchalik xarid qilish bilan moliyalashtirish uchun xatarli sarmoyalar fondini
tashkil qilishi mumkin.
Kompaniyada ilmiy boshlanishlarni yaratish va ishlab chiqarishning
yangilanishini ilmiy ta‘minlashning har bir varianti muqobil asosda ko‘rib
chiqiladi va quyidagilarni hisobga oluvchi aniq vaziyatga asoslanadi:
-yangilikning ta‘rifi;
-uning faoliyat sohasiga mos kelishi;
-yangilik yashash davrining xususiyatlari va bosqichlari;
-innovatsion infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi;
-moliyaviy, moddiy va axborot resurslari bilan ta‘minlanganligi;
-xodimlarning malakasi, kasbiy ko‘nikmalari va texnik tajribasi;
146
Yo‘ldoshev N.Q. va boshqalar. ―Innovatsion menejment‖. Darslik. T:.TDIU, 2012.



238
-ishlab chiqarish tizimlarining texnik-tashkiliy darajasi;


-firmalarning sohaviy tegishliligi va hokazo.
Ko‘pgina, ayniqsa davlat ishtiroki past darajada bo‘lgan mamlakatlarda
ITTKIni tashkil etish shakllari ―portfeli‖dagi eng katta salmoqni firma ichidagi
ishlab chiqarish va yangiliklarni ITTKI bo‘linmalari bazasida tatbiq etish egallab
turishda davom etadi.
Yangi tashkiliy tuzilmalar va ITTKIni boshqarishning yangi usullarini
yaratish ilmiy tadqiqot va konstruktorlik bo‘linmalari tizimi faoliyatini
takomillashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, agar an‘anaviy korxonaga
matritsali, divizion yoki tarmoqli tuzilmalar doirasida yangiliklarni ishlab
chiqishning chiziqli – izchil ishlab chiqilishi xos bo‘lsa, u holda zamonaviy
korxonalarda ITTKIni boshqarishga loyihaviy yondashuv muvaqqat maqsadli
loyihaviy guruhlarni boshqarish tizimi yoki yirik korporatsiyalar doirasida
innovatsion venchurli bo‘linmalarni tashkil qilish ustuvorlik qiladi.
Yangiliklarni ishlab chiqishning an‘anaviy chiziqli - izchil usuli ilmiy ishlab
chiqarishning texnologiyalarning radikal almashuviga to‘siq bo‘luvchi moddiy-
texnik bazasining inertligi o‘sishi singari obyektiv sabablari oqibatida
yangiliklarning yangilanish sur‘atlari sekinlashuvini keltirib chiqaradi.
ITTKIning sifati va samaradorligiga rahbarlikning undovchi sabablarini
pasaytiruvchi, kommunikatsiyalar va yangiliklarni ishlab chiqish va tatbiq etishga
mas‘ul bo‘lgan turli vazifaviy bo‘linmalar harakati muvofiqlashganligini
yomonlashtiruvchi sof ma‘muriy usullarning ustunligi ta‘sir ko‘rsatadi. Loyihali
boshqaruv usullarini qo‘llash, muvaqqat loyiha jamoalarini va firma ichidagi
venchurlarni tashkil etish yirik kompaniyalardagi innovatsion jarayonni
takomillashtiradi.
Yangilanishning samaradorligiga innovatsion faoliyatning turli omillari:
innovatsiya mahsulotining sifati, qo‘llanilayotgan texnologik qarorlarning sifati va
loyihani amalga oshirishning tashkiliy-texnik sharoitlari ta‘rifi ta‘sir ko‘rsatadi.
Buyumning texnik darajasi, uning texnologiyaliligi, resursni iste‘mol qilishi,
unifikatsiyalanganlik va standartlashtirilganlik darajasi, eski va yangi modellarning



239
qiyosiy texnik-iqtisodiy samaradorligi o‘zlashtirilayotgan buyum yoki yangi


mahsulot sifatini belgilab beruvchi omillar hisoblanadi.


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin