Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə105/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

xarajatlarning tuzilishi.
145


Bosqichlar 


Yakunga nisbatan % 
dagi xarajatlar 
1
Muammo bo‘yicha ilmiy boshlanish tadqiqoti, fundamental
tadqiqotlarning mavjud ma‘lumotlari tahlili
3,0
2
Innovatsiya g‘oyalarini o‘rganish
1,1
3
Laboratoriya eksperimental tadqiqotlari
13,1
4
Yangiliklarning loyiha - konstruktorlik ishlab chiqilishi
16,7
5
Yangilik kiritish tajribasi namunasining hujjatli va tashkiliy -
texnologik ta‘minlanishi
ITTKI bosqichlari bo‘yicha o‘rtacha statistik xarajatlar tahlilidan kelib
chiqishga, yangi namunani ishlab chiqishni hujjatli va tashkiliy-texnologik
ta‘minlash eng katta ulushni tashkil qiladi. Bu texnik-texnologik yangiliklarning
o‘sib boruvchi ta‘siri va zamonaviy firmalarning shaxsiy ilmiy boshlanish va
ITTKIning rivojlangan tarmog‘iga ega bo‘lishga intilishlari haqidagi fikrni yuzaga
keltiradi. Korxonaning ushbu uchastkasidagi yetarlicha bo‘lmagan faolligi
xorijdagi yirik sanoat kompaniyalari rahbarligi ta‘minlamaganligidan kelib
chiqadi. Keyingi o‘n yil ichidagi xorijdagi yirik korporatsiyalar rivojlanishining
o‘ziga xosligi shundan iboratki, o‘tkazilayotgan ITTKIning hajmi va amaliy
145
Yo‘ldoshev N.Q. va boshqalar. ―Innovatsion menejment‖. Darslik. T:.TDIU, 2012.



236
ahamiyati bo‘yicha ular nafaqat kichik biznesdan, balki OO‘Yu va akademik


fandan ham o‘zib ketgan. Yirik firmalar patent va nou-xaularni sotish bo‘yicha
shubhasiz ustuvorlikka ega, bu quyidagi ma‘lumotlar bilan tasdiqlanadi:
patentlarning yapon bozorida xorijiy sotuvchilar savdolarining 40%ga yaqiniga
tegishli ravishda yirik firmalar 39,9 %, akademik va OO‘Yu sektorlari - 11 %,
kichik va o‘rta biznes - deyarli 10 % ga ega. Sanoat firmalarining innovatsion
yo‘naltirilganligi ana shunda yaqqol ko‘rinadiki, ITTKIga bozor holatining qisqa
muddatli o‘zgarishlariga nisbatan kamroq bog‘liq bo‘lgan uzoq muddatli istiqbol
sifatida qaraladi. Jahonning ko‘pgina sanoat kompaniyalari ITTKIga savdolarning
4dan 7% gacha summali hajmlarini sarflaydi.
ITTKIdagi tadqiqotlar va ishlab chiqarishlarda davlatning ishtiroki amalda
pasaygan mamlakatlarda innovatsion faoliyatning rivojlanishi milliy iqtisodiyot
rivojlanishining nomuqobil varianti bo‘lib ko‘rinadi. Mamlakatimizdagi vaziyat
akademik sektorning og‘ir holati va OO‘Yu fanining yetarlicha bo‘lmagan
natijaviyligi bilan yanada murakkablashadi.
Mamlakat bozorida loyihaviy moliyalashtirishni haqiqatda yo‘qligi, aqliy
mulk bozorining qoniqarsiz holati, texnologiyalar transfertining yo‘lga qo‘yilgan
amaliyoti yo‘qligi, hamda yangi texnologiyalarning importiga cheklovlar yirik
kompaniyalarda ITTKIni rivojlantirish vazifasini ilgari suradi. Yaponiya va AQSh
firmalari uchun ITTKI turlarining nisbiy ahamiyati quyidagi ma‘lumotlar bilan
ifodalanadi (9.2-jadval). Zamonaviy kompaniyalardagi tadqiqotlar va ishlab
chiqarishlarni guruhlar bo‘yicha tasniflash mumkin: yangi texnologiyalar
sohasidagi
tadqiqotlar,
mavjud
mahsulotlarni
takomillashtirish
va
modernizatsiyalash sohasidagi tadqiqotlar, yangi mahsulotlar va ishlab
chiqarishning yangi usullari o‘zlashtirilishi.
Ishlab chiqarishni yangilash, ishlab chiqrilayotgan mahsulot navlarini
o‘zgartirish, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini tatbiq etishni turli yo‘llar
bilan: patentlar, litsenziyalar, nou-xaularni xarid qilish, kompaniya ITTKIning
fundamental bo‘linmalarida shaxsiy tadqiqotlarni o‘tkazish, yangiliklarni ishlab



237
chiqish va tijoratlashtirish uchun firma ichidagi venchurli bo‘linmalarni tashkil


qilish vositasida amalga oshirish mumkin.
9.2-jadval 

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin